«Aqlli bosh kiyim» fitnes-bilaguzukning o‘rnini almashtiradi
26.11.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

fit_26_11_2014

Zamonaviy fitnes-trekerlar odatda bilaguzuk yoki soatlar shaklida ishlangan bo‘lib, bilakka taqiladi. Aslida, bundan istisno bo‘lgan — masalan, naushniklar shaklidagi jismoniy faollik monitorlari ham mavjud. LifeBeam Isroil kompaniyasi bu sohada yanada ilgarilab, sport trekerlarini bosh kiyim shaklida ishlab chiqardilar.

Elektron bosh kiyim yurak qisqarishi ritmini, qadamlar sonini va sarflangan kaloriyalar hajmini, shuningdek, sport mashg‘ulotlari sur’atini aniqlab beradi. Buning uchun maxsus sensorlar, jumladan, fotopletizmografiya tamoyilida qo‘llanuvchi (bosh miya sohasidagi qon tomirlarining to‘liqligi dinamikasi optik datchiklari)dan foydalaniladi.

fit_26_11_2014_1

Mazkur Bluetooth 4.0 simsiz aloqa vositasida Android, iOS va Windows operatsion tizimlari boshqaruvida qurilmaga uzatiladi. Bundan tashqari, sport uskunalarida qo‘llashga mo‘ljallangan (yugurish yo‘li, velosipedli kompyuter va boshqalarda) ANT+ axborotlardan himoya qilingan simsiz texnologiyada qo‘llab-quvvatlanadi.

«Aqlli» bosh kiyim namlikdan himoyalangan yechimga ega. Dasturchi-ishlab chiqaruvchilar taklif etganlaridek, yangilik birinchi navbatda, doim fitnes-trekerni olib yurish talab etilmaydigan velosipedchilar va yugurish bilan shug‘ullanuvchilarni qiziqtirishi kerak. Bosh kiyimni istalgan shakl va oq hamda qora rangda buyurtma asosida $99ga sotib olish mumkin.

Manba: www.cnet.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq