16 va undan katta yoshdagi nogironlarning reabilitatsiya markaziga order olishlari uchun elektron ariza taqdim etish
26.11.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_26_11_2014_1

Endilikda Yagona portal orqali tezkor va sodda ravishda 16 va undan katta yoshdagi nogironlarning reabilitatsiya markaziga order olishlari uchun elektron ariza taqdim etish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining bosh «Tibbiy-mehnat ekspert kommisiya»lari foydalanuvchilar (nogironlar va ularning qonuniy vakillari)dan arizalarni qabul qiladilar va xizmatlarni roʻyxatdan oʻtkazadilar.

Ushbu xizmatdan Yagona portalda roʻyxatdan oʻtgan 16 va undan katta yoshdagi nogironlar hamda ularning qonuniy vakillari hisoblanmish barcha jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.

Order berish yoki rad etish toʻgʻrisidagi qaror Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining vakolatli xodimi tomonidan ariza qabul qilingan vaqtdan boshlab 2 kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi va arizachining elektron manziliga xabarnoma joʻnatiladi. Foydalanuvchi (nogironlar yoki ularning qonuniy vakili) orderni olish uchun bosh, ixtisoslashgan, tumanlararo, tuman (shahar) «Tibbiy-mehnat ekspert komissiya»lariga xabarnomada ko‘rsatilgan muddat ichida murojaat qilishlari va 7 ish kuni mobaynida orderni pasportni taqdim etish orqali olib ketishlari shart. Ko‘rsatilgan muddat ichida olib ketilmagan order o‘z kuchini yo‘qotadi va qonuniy kuchga ega emas deb hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq