Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasida uchinchi kompyuter o‘ynalmoqda
25.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” bugun “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi “Beeline Club” sahifasining foydalanuvchilari uchun navbatdagi tanlovni boshladi. Avval “Olti kompyuterdan birini yutib ol” aksiyasi doirasida ikki alohida tanlov o‘tkazilib, g‘oliblar kompyuterlarni qo‘lga kiritgan edilar. Mazkur bosqichda uchinchi kompyuter o‘ynalmoqda.

Kompyuter o‘ynalayotgan tanlovda ishtirok etish uchun Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasiga obuna bo‘lish lozim. “Beeline Club” kartasi egasi bo‘lish esa shart emas.

25 noyabrdan 28 noyabrga qadar “Beeline Club” sahifasida har kuni bir donadan savol beriladi. Har bir berilgan to‘g‘ri javob tanlovning birinchi kuni – 1 ball, ikkinchi kuni – 2 ball, uchinchi kuni – 3 ball, to‘rtinchi kuni 4 ball bilan hisoblanadi. Tanlov haftasi natijalariga ko‘ra har bir ishtirokchining ballari hisoblab chiqiladi. Eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb tan olinadi. Bir hil yuksak ballga ega ishtirokchilar bir nechta bo‘lsa, so‘ngi tanlov savoliga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi.

Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasi “Beeline” kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini “imtiyozlar kartasiga” almashtirishi mumkin. Buning uchun “Beeline” xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga “Gold” kartasi, 3000 ball evaziga esa “Platinum” kartasini qo‘lga kiritish mumkin. “Status” tarif rejasi abonentlari avtomatik holda “Beeline Club” ishtirokchisiga aylanadilar.

“Beeline”ning “Beeline Club”ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Tafsilotlar www.beelineclub.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq