Ezgu harakatlar samarasi — “Sog‘lom bola yili” dasturi amalda
25.11.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Ra'no To‘rayeva.

ez_25_11_2014

Siz buyuk davlatning egalarisiz,
Mustaqil yurtimning bolakaylari.
Xalqimning beklari, bekalarisiz,
Mustaqil yurtimning bolakaylari.

Farzad — oila quvonchi, hayotimizning mazmuni. Uning salomatligi ko‘nglimizning xotirjamligi, halovatidir. Azaldan xalqimiz bolaning dunyoga kelishi, uning parvarishi va ta’lim-tarbiyasiga yuksak e’tibor qaratgan. O‘zaro mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish, el ishiga kamarbasta, vatanparvar, jismonan chiniqqan va ma’nan etuk avlodni kamol toptirish milliy mentalitet va umrboqiy qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi.

Istiqlolning dastabki yillaridan yurimizda sog‘lom avlod tarbiyasi umumxalq harakatiga aylantirildi. Sog‘lom bola deganda, biz faqatgina jismonan baquvvat farzandlarni emas, balki ma’naviy boy avlodni ham ko‘zda tutamiz. Bugungi kun yoshlari, mutaqillik yillarida tug‘ilib voyaga yetgan sog‘lom va barkamol avlodga xos bo‘lgan mutaqil fikrlash, milliy o‘zlikni anglash, ona yurtga muhabbat, zamonovaiy ilm-fan va kasb-hunarlarni egallashga astoydil intilish, O‘zbekistonning bugungi va ertangi kuni uchun yonib yashashga tayyor bo‘lgan hislatlarni o‘zida mujassam etgan shaxsdir.

Yoshlarimiz hayotning turli sohalarida erishgan dastlabki quvonchli yutuqlari haqida faxr bilan fikr yuritishar ekan, inson faqat erkin va ozod Vatandagina shunday natijalarga erishish, tom ma’noda, baxtli bo‘lishi mumkin ekanini, shuning uchun ham go‘zal diyorimizni, uning mustaqilligini, bugungi tinch va farovon hayot musaffo osmonning qadriga yetib, ularni himoya qilib yashash o‘zlarining muqaddas burchi deb bilishlarini alohida ta’kidlash joizdir. Ular «Biz-buyuk zotlarning avlodlarimiz, ularning shonli a’nanalarini davom ettirishga, Prezidentimiz g‘oyalarini amalga oshirishga qodirmiz» degan shior ostida ildam qadam tashlamoqdalar.

ez_25_11_2014_1

Yurimizda mantiqan bir-biriga hamohang bo‘lgan yillarning nomlanishi hamda ularning negizida qabul qilinayotgan dasturlarda ham aynan bugungi kun yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, oila mustahkamligi, sog‘lom va ma’nan yetuk, mukammal shakllangan oila negizida barkamol avlodni tarbiyalash, uning manfaatlarini ta’minlash masalasi ustuvor vazifa etib belgilangan. Shu o‘rinda, aytish joizki, mustaqilligimizning ilk kunlaridan jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash ustuvor vazifa etib belgilanib, ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat siyosatining mantiqiy davomi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2133-sonli Qarori ham aynan shu vazifalarni o‘z ichiga olgan yana bir dasturlardan biriga aylandi. Dasturda bolalar tug‘ilishi, ta’lim-tarbiyasi, oilada sog‘lom muhitni uning iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilgan mablag‘lar samaradorligini oshirish bilan bog‘liq barcha masalalar o‘z aksini topgan. Ana shu vazifalar ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida, birinchi navbatda, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash uchun qulay tashkiliy huquqiy sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-bazani yanada takomillashtirish, yangi qoida va me’yorlarni ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu masalalarni hal etilishida esa kasaba uyushmalari faoliyati alohida o‘rin tutdi.

ez_25_11_2014_2

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 3ta qonun hujjati loyihasiga takliflar tayyorlandi, xodimlar uchun tashkil etib kelayotgan «Ma’naviyat soatlari»da «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturining mazmun-mohiyati keng targ‘ib etildi. Rejalashtirilgan tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlashga qaratilgan 60dan ziyod o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazilib, «Ishonch telefoni» orqali fuqarolardan kelib tushgan 20dan ziyod huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy mazmundagi og‘zaki murojaatlar bo‘yicha tegishli mutaxassislarning yordami ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining qo‘shma qarorida Tarmoq, Tarif kelishuvlari va Yagona jamoa shartnomasiga Xalqaro Mehnat Tashkilotining O‘zbekiston Respbulikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan «Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida»gi 138-sonli hamda «Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida»gi 182-sonli, «Onalikni himoya qilish to‘g‘risida»gi 103-sonli Konvensiyalarining korxona va tashkilotlarda amal qilinishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etildi. Mazkur hujjatlar Mehnat vazirligidan 2014-yil 8-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi.

ez_25_11_2014_3

Qadimiy sharq xalqlari, xususan, o‘zbek millatiga xos olijanob xususiyatlardan biri — bu yoshi ulug‘larni hurmatlash, ularning qadrini baland tutish, qimmatli hikmatlarini merosdan-merosga berish, e’zozlash, qadrlash va chin dildan qilgan duolarini olish desak, aslo yanglishmaymiz. Shu boisdan ham, mustaqil yurtimizda ayollarga, urush va mehnat faxriylariga, nogironlarga, yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotganlarga alohida e’tibor qaratilib, davlat ahamiyatiga molik ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Har yilga nom berish va uning negizida qabul qilinayotgan dasturlarda ana shu hurmat-ehtiromni, g‘amxo‘rlikni yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Shu sababli ham tizim tashkilotlarida sog‘lom, barkamol farzandlarni voyaga yetkazish, oilalar mustahkamligini ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shayotgan faol xotin-qizlarni rag‘batlantirish, ularni oila va jamiyatdagi mavqeini oshirish, namunali hayot yo‘li bilan barchaga o‘rnak bo‘ladigan mehnat faxriylarini sharaflash, kam ta’minlangan oila a’zolari hamda nogiron, yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotganlarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ishchi-xodimlarni ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan sa’y harakatlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, «Ayolni qadrlash — millatini qadrlash» mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar soha tizimidagi 130ga yaqin boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlarida tashkil etilib, ularga 28 961 nafardan ziyod faol ayollar jalb etildi. Hisobot davrida korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan 139 nafar ayollarga oylik maoshi saqlangan holda ish vaqtini haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qilib belgilandi va bu maqsadlarga 30 mln. 499 ming so‘m sarflandi. Ikki yoshdan uch yoshgacha bola parvarishi uchun ta’tilda bo‘lgan yosh onalarga 20 mln. 867 ming so‘m miqdorda moddiy yordam ko‘rsatildi. Yosh oilaga uy-joy qurish va mamlakatimizda ishlab chiqilgan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarini xarid qilish uchun 305 nafar xodimlarga 1 mlrd. 525 mln. so‘m miqdoragi foizsiz ssuda ajratildi.

ez_25_11_2014_4

Kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarga ishlaydigan kam ta’minlangan ko‘p bolali oilalarga 107,5 mln.so‘mlik (shundan 10,3 mln. so‘mi kasaba uyushmalari hisobidan), 16 nafar yosh oila a’zolariga «Umid Gulshani» sanatoriyasiga 9,9 mln. so‘mlik imtiyozli yo‘llanmalar berildi. Dasturda belgilangan yana bir tadbir bu — «Kasaba uyushmalari — bolalarga» aksiyasini tashkil etish bo‘lib, mazkur aksiya doirasida «Muruvvat» uylariga 8,9 mln. so‘mlik homiylik yordami ko‘rsatildi. Xodimlarning 1-sinfga boradigan 128 nafar farzandlariga o‘quv qurollari va gigiyenik ashyolar majmuasi savg‘a qilindi. Shuningdek, xodimlar farzandlariga chet tillarni o‘rga-nishda moddiy ko‘maklashish maqsadida «O‘zbektelekom» AK «TShTT» qarashli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida, 5 smenada jami 250 nafar bolalarga chet tilidan saboq berildi.

O‘sib kelayotgan yosh avlodni rassomlik san’atiga bo‘lgan qiziqishini yanada rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash, qalbida ezgulik, sadoqat, mehr-muhabbat kabi tuyg‘ularni sujetlar orqali jajji qo‘llari bilan rasmlarda aks ettirishga o‘rgatish hamda bolalar chizgan rasmlar negizida, pochta markalarini chop etishiga jamoatchilik diqqatini jalb qilish maqsadida, «O‘zbekiston pochtasi» AJ, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi bilan hamkorlikda «Dunyo — bolalar nigohida» maxsus pochta markalarini chop etish uchun «Mening orzuim» mavzusida bolalar ijodiy rasmlar Respublika tanlovi e’lon qilindi.

ez_25_11_2014_5

Uch oy davomida, «Mening orzuim» mavzusida tashkil etilgan bolalar ijodiy rasmlari tanlovida, soha tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalari ishtirok etib, ishtirokchilarning 1227tadan ziyod ijodiy rasmlari respublika tanlovi Hay’at a’zolariga taqdim etildi. Bolalar chizgan rasmlarda beg‘uborlik, ahillik, do‘stlik, soflik, quvonch, mehr-muhabbat kabi bir qator g‘oyalar o‘z aksini topganligi hakamlar hay’ati uchun g‘oliblarni aniqlashda ancha mushkul vaziyat yuzaga keldi. Ko‘p tortishuvlardan so‘ng g‘oliblar aniqlandi. «Mening orzuim» bolalar ijodiy rasmlar Respublika tanlovida birinchi o‘rinni Toshkent shahridan 8 yoshli Sardor Suleymonov chizgan «Kosmonavt» rasmi; Ikkinchi o‘rinni Toshkent shahridan 9 yoshli Kamila Ahmadovaning »Quvnoq kamalak» rasmi va uchinchi o‘rinni 11 yoshli Valeriya Fomichevaning «Do‘stlik» rasmlari egalladi.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan g‘olib bo‘lgan rasmlar asosida «Mening orzuim» maxsus pochta markalari tayyorlandi hamda O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalar davlat qo‘mitasi buyrug‘i bilan 2014-yil 30-maydan muomalaga kiritildi. Endilikda bolalar chizgan rasmlari asosida chiqarilgan «Mening orzuim» maxsus pochta markalari xat va banderollarda dunyo bo‘ylab tarqaladi. Bundan tashqari, 1-iyun «Xalqaro bolalar kuni» munosabati bilan soha tizimidagi barcha tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning farzandlari o‘rtasida «Olam — bolalar nigohida» shiori ostida rasmlar va bolalar ijodi tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarda 10 mingdan ziyod bolalar ishtirok etdi.

ez_25_11_2014_6

Joriy yilda soha tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlarini sifatli hamda samarali tashkil etish maqsadida qabul qiliingan O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan Respublika kengashining «2014-yil yozgi mavsumda soha xodimlarining farzandlarini dam oldirish va sog‘lomlashtirilishiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida»gi 12-17-30 «o» sonli qo‘shma qarori asosida muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, korxonalar tomonidan oromgohlar binolarini ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari o‘z vaqtida yakunlandi.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani «Aloqachi» oromgohida 200 o‘ringa mo‘ljallangan yangi zamonaviy oshxona qurildi. Barcha yozgi suzish havzalari ta’mirlandi. Toshkent shahar telefon tarmog‘i» filiali tasarrufidagi «Aloqachi», va Jizzax viloyati «Aloqachi» oromgohining yotoqxonalarida joriy ta’mirlash ishlari sifatli bajarildi. 2014-yil yoz mavsumida soha xodimlarining 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 6131 nafar bolalarning 60 foizi statsionar oromgohlarda, 40 foizi maktab qoshidagi kunduzgi sog‘lomlashtirish maskanlarida dam oldirish va sog‘lomlashtirish belgilanib, reja to‘liq bajarildi. «O‘zbektelekom»AKning Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo filiallari tasarrufidagi oromgohlarda tashkil etilgan 4ta, «TShTT» filialida 5ta smenada 4175 nafar bolalar statsionar oromgohlarida, 1964 nafar bolalar maktab qoshidagi kunduzgi dam olish maskanlarida sog‘lomlashtirildi.

ez_25_11_2014_7

Korxonalarda qabul qilingan jamoa shartnomalariga asosan ish beruvchilar va kasaba uyushmalari tomonidan xodimlar farzandlarini oromgohlarda dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlari uchun jami 1 mlrd. 92 mln. so‘m, jumladan, korxonalar hisobidan 1 mlrd. 24 mln. so‘m, kasaba uyushmasi tashkilotlari hisobidan 38,5 mln. so‘m mablag‘ sarflandi. Orolbo‘yi mintaqasi soha korxonalari xodimlarining 343 nafar farzandlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «Aloqachi» oromgohida va Jizzax viloyati Zomin tumani «Aloqachi» oromgohida 45 nafari sog‘lomlashtirildi. Davlat qo‘mitasi va Respublika kengashining qo‘shma qaroriga asosan Orol bo‘yi mintaqasi bolalari uchun yo‘llanmalar narxi 20 foizga arzonlashtirilib berildi.

Oromgohlar faoliyatini tashkil etish mobaynida bolalarning yoshi, ehtiyoji va qiziqishlarini inobatga olgan holda, turli xil to‘garaklar faoliyati tashkil etildi, kutubxonalar kitoblar, jurnallar hamda jahon va milliy xalq ertaklari, hikoyalari to‘plamlari bilan to‘ldirildi. Shuning bilan birga, sport bilan shug‘ullanishlari uchun 10 xil turdagi anjomlar bilan ta’minlandi. Har smenada hududlarda faoliyat olib borayotgan oromgohlar o‘rtasida sport musobaqalari muntazam ravishda, o‘tkazilib borildi. Oromgohlarda tashkil etilgan ma’naviyat xonalarida har smenada dasturlar asosida madaniy-ma’rifat tadbirlari va davra suhbatlari, qiziqarli uchrashuvlar hamda tanlovlar tashkil etildi. Respublika oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish Konsepsiyasi talablariga muvofiq soha korxonalari tasarrufidagi oromgohlarda tibbiy xizmatlar, malakali tibbiyot xodimlari, tarbiyachi va yetakchilar faoliyat olib borishdi.

ez_25_11_2014_8

O‘zbekistonnning kelajagi buyuk ekaniga qat’iy ishonch bildirib, yashayotgan xalqimizning orzusi bu barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Barcha olijanob harakatlarimiz negizida, ezgu-niyatlarimizning zamirida farzandlarimizni ham jismonan, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxtu-saodati, farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir. Tabiiyki, bugungi avlod oldiga davr yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Agar kechagi bobokalonlarimiz o‘z yetukligini, yuksak insoniy sifatlarini Vatan ozodligi, xalq erkinligi uchun beomon kurashlarda ko‘rsatgan bo‘lsalar, hozirgi avlod o‘z yetukligini Vatanning porloq va buyuk kelajagini bunyod etishda namoyon etmog‘i, yosh oilalarimiz xalqimizni xalq, millatimizni millat qilib turgan yuksak ma’naviy sifatlarni ardoqlab, ularni yanada boyitishlari, rivojlantirishlari va dunyoga ko‘rsata olishlari lozim bo‘ladi.

Ana shu ezgu-niyatlarni ro‘yobga chiqishida ko‘mak bo‘lish tarmoq korxonalarida kam ta’minlangan, boquvchini yo‘qotgan oilalarning 761 nafar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida JSh orqali 38 mln. 050 ming so‘m, kam ta’minlangan oilalar vakillariga 57 mln. 160 ming so‘m, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli, kam ta’minlangan talabalarga o‘quv shartnoma pullarini qoplash uchun 247,7 mln. so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi.

ez_25_11_2014_9

Kasb-hunar kolleji talabalaridan 516 nafariga amaliyot o‘tash davrida jami 16 mln. 641 ming so‘m berildi. Bugun infokommunikatsiya texnologiyalarini jadal sur’atlar bilan rivojlanishini insonlarning axborotga bo‘lgan talabini keskin ortganligida ko‘rish mumkin. Bu sohaga tobora yoshlarimiz qiziqib bormoqdalar. Talabalarimiz o‘zlari tanlagan mutaxassislik sirlarini puxta egallash bilan bir qatorda, ma’nan va jismonan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishga intilmoqdalar. Shu o‘rinda, talabalarimizning intellektual bilim va ko‘nikmalarini, o‘ylash qobiliyatini yanada oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida qator intellektual tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Shunday tadbirlarning biri Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti, O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining «Yoshlar kengashi» hamda Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining hamkorligida universitet talabalari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘ldi. Mazkur tadbirda universitet talabalaridan tashkil etilgan 17ta jamoa tarkibida jami 108 talaba ishtirok etdi.

ez_25_11_2014_10

«Zakovat» intellektual o‘yinda ishtirok etgan jamoalarning 9tasi talaba-qizlardan tashkil topgan jamoa ekanligi barchani quvontirdi. Barcha jamoalar intellektual o‘yinda ishtirok etish uchun katta tayyorgarlik ko‘rganliklari, bilimi, iqtidori, qiziqishi, g‘oyalarini ilgari surushlari, bugungi kun siyosatini yaxshi anglashlari va olib borila-yotgan islohotlarda faol ishtirok etayotganliklari yaqqol namoyon bo‘ldi. Sport va san’at xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va totuvlikni ta’minlabgina qolmay, mamlakatni dunyoga tez tanitadi. Eng avvalo, sport-inson salomatligi va irodasini mustahkamlaydi. Shu boisdan, Yurtboshimiz sportning ommaviy turlarini rivojlantirish orqali har bir oila a’zosini sportga jalb etish ishlariga alohida e’tibor qaratish lozimligini takror va takror takidlaydilar. Xususan, dunyoning boshqa mamlakatlarida mavjud bo‘lmagan uch bosqichli — «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» kabi musobaqalarning tashkil etilishi, eng chekka qishloqldarda zamonaviy, barcha sharoitlar yaratilgan sport majmua va inshootlarini bunyod etilishi yoshlarimizni dunyo arenalarida yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, sog‘lom avlodni taribyalashdek ulug‘vor maqsadni ifoda etayotganligi sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi.

ez_25_11_2014_11

Shu boiz, Respublika kengashi O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamkorligida soha tizimidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali salomatligini mustahkamlash, ularni ma’naviy-axloqiy kamolotga yo‘naltirish, ruhiyatini, iymon-e’tiqodini, irodasini, insonparvarlik, yurtparvarlik, mehr-oqibat, sahovat va kelajakka ishonch fazilatlari bilan boyitish, jamiyatda, oilada o‘z o‘rinlarini topishi va sog‘lom avlodni tarbiyalash, oilada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ichkilikbozlik va giyohvandlikning oldini olish kabi illatlardan asrash maqsadida, «Sog‘lom ona — sog‘lom avlod garovi» shiori ostida Ayollar sport festivali tashkil etildi. Mazkur tadbirning tuman, shahar, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarida 1500 ziyod, saralash musobaqalaridan eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan 2ta Toshkent shahar hamda viloyatlardan 1 jami 15ta terma jamoalar tarkibida — 175 nafar xotin-qizlar ishtirok etdi.

Bundan tashqari, «Kasaba-TUR» velomarafonida tizimdagi korxona, tashkilot va muassasalardan 10ta viloyatlarda birinchi o‘rinni egallagan xodimlar hamda Respublika tadbirida kengashning 25 nafar velosport turiga qiziqishi bor va havaskor velosportchilar ishtirok etdilar. Mazkur tadbirda ishtirok etganlarga 1 mln. 294 ming so‘m miqdorda esdalik sovg‘alari topshirildi.

ez_25_11_2014_12

Ishchi-xodimlar faoliyati samaradorligini ko‘tarish, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ayniqsa, yosh mutaxassislar salomatligini mustahkamlash, ularni sportga jalb etish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, sport, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharotlardan oqilona foydalanish, jismoniy tarbiya va sportni soha xodimlari hamda oila a’zolarining kundalik turmush tarziga aylantirish, shuningdek, stol tennisi sport turini yanada ommalashtirish maqsadida, Aloqa sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida «Stol tennisi ko‘chma kubogi» sovrini uchun musobaqalar tashkil etildi.

Musobaqalar uch bosqichda, hududlarda va Toshkent shahrida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan rahbarlar, ishchi-xodimlar o‘rtasida 2ta guruhda 35 yoshgacha va 35 yoshdan kattalar o‘rtasida yakkaxon tartibda o‘tkazilib, ularda 4 ming nafardan ziyod xodimlar ishtiroki ta’minlandi. Xodimlar va ularning oila a’zolarini, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalarni Respublikada nishonlanadigan bayramlar arafasida teatrlarga, konsertlarga va madaniy-ma’rifiy tadbirlarga qatnashishlarini tashkil etish borasida ham qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, o‘tgan davrda O‘zbek milliy akademik drama teatriga, «Muqimiy» nomidagi O‘zbek Davlat musiqali teatriga, badiiy jamoalar ijodiy birlashmasiga, muzeylarga Toshkent shaharida joylashgan soha tashkilotlari tomonidan 5994dan ziyod, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Andijon, Namangan, Jizzax, Xorazm va Toshkent viloyati aloqa korxonalari tomonidan 6257dan ziyod chiptalar xarid qilinib, jami 12 mingdan ziyod xodimlar va ularning oila a’zolari madaniy dam olishlari tashkil etildi.

ez_25_11_2014_13

Bundan tashqari, viloyat tashkilotlarida samarali faoliyat yuritayotgan qator hamkasblarimizni rag‘batlantirish maqsadida, navqiron Toshkent shahariga ekskursiyasi tashkil etildi. Darhaqiqat bugun Toshkent shahrida qad qo‘targan qator bino va inshootlar, tarixiy obidalar, istirohat bog‘lari va xiyobonlar, o‘tmishimizni doimo estalib turadigan muzeylarga havas qilsa ariziydi. «Hazrati Imom masjidi», Temuriylar tarixi va aloqa muzeylariga bo‘lgan tashriflar sayohatchilarda katta taassurot qoldirdi.

ez_25_11_2014_14

Sayohat davomida «G‘ofur G‘ulom» nomidagi istirohat bog‘i va unda tashkil etilgan hayvonot olami bilan tanishish hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi yangi texnologiyalarni joriy etilganligi va zamon talabiga javob beradigan sharoitlari bilan tanishish, «Muqimiy» nomidagi O‘zbek Davlat musiqali drama teatridagi madaniy hordiq unutilmas damlarga aylandi. Toshkent shahridagi tashkilotlarda ko‘p yillardan beri faoliyat yuritayotgan mehnatkashlarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga, ayol xodimlarni, ayniqsa, yoshlarning Ona Vatan tarixi, madaniyati va me’moriy yodgorliklari to‘g‘risidagi bilimlarini yanada boyitish orqali komil inson etib tarbiyalash maqsadida, Buxoro, Samarqand, Xorazm shaharlaridagi tarixiy obidalar va me’moriy yodgorliklar, uzoq va yaqin o‘tmishda o‘tgan buyuk bobokalonlarimiz tarixi bilan tanishtirildi.

ez_25_11_2014_15

Soha tizimidagi kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan olib borilgan ishlar, o‘tkazilgan tadbirlar va o‘quv-mashg‘ulotlar, ijtimoiy sheriklik, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalariga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar muntazam Respublika kengashining mazsus veb saytida yoritib borildi. Shuningdek, Respublika, viloyat va hududiy ommaviy axborot vositalarida 357dan ziyod maqolalar chop etildi, bu yuqorida keltirib o‘tilganlan kasaba uyushmalari faoliyatidan bir shingildi. Xalq xizmatida bo‘lish har bir kasaba uyushmasi tashkilotining asosiy vazifasiga aylangan. Zero, shiorimiz «Insonga naf keltirish — oliy baxt»dir. Har bir qilingan savob ishning mukofoti bor. So‘zimiz isboti iqtisodiyotning turli tarmoqlarida samarali mehnat qilib, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni hayotga tatbiq etish, xalqning ma’naviyatini yuksaltirish jarayonida faol ishtirok etgan, xodimlarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va kasaba uyushmalari nufuzini oshirishga salmoqli hissa qo‘shayotgan kasaba uyushmalari xodimlari va faollari albatta taqdirlanadi.

Bu yil ham tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, hududiy birlashmalar, Federatsiya Kengashi tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan 100dan ziyod nomzodlar «Ehtirom nishoni»ga tavsiya etilgan bo‘lib, nomzodlar maxsus komissiya tomonidan har tomonlama o‘rganildi hamda eng munosiblari tanlab olindi. Mustaqillik bayrami sururi davom etayotgan kunlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashida bo‘lib o‘tgan «Ehtirom nishoni» sovindorlarini taqdirlash marosimi ko‘ngillarga ko‘tarinki, kayfiyat baxsh etdi. Mazkur marosida, o‘zining fidokorona mehnati bilan yurt ravnaqi va istiqboliga hissa qo‘shayotgan, bu yo‘lda izla-nish va tashabbus ko‘rsatishdan tolmayotgan, ijtimoiy sheriklik asosida ishlovchilarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaati va huquqlarini himoyalashda yuqori natijalarga erishayotgan turli soha vakillaridan 21 nafar sovrindorlar taqdirlandi. Ana shu sovrindorlar orasida aloqa tizimidan »O‘zbekiston pochtasi» AJ Jizzax filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Nasiba Gayirova Federatsiya Kengashining alohida ehtiromiga sazovor bo‘lgani hammamizni quvontirdi.

ez_25_11_2014_16

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar vatandoshlarimizning fikrini, dunyoqarishini tubdan o‘zgartirib, ularning qalbida, yuragida teran iz qoldirib, olijanob his-tuyg‘ular, ezgu fikr-mulohazalar uyg‘otayotganini o‘ziga xos tarzda namoyon etishi bilan, ayniqsa, ahamiyatlidir. Bu ezgu his-tuyg‘ular esa barchamizni bizlarga bugungi kunda bildirilayotgan ishonchga tayangan holda yanada shijoat bilan sidqidildan Vatanga sadoqat ila mehnat qilishga chorlaydi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq