CoDeSys dasturiy tо‘plamida о‘rnatilgan tizimlarni dasturlash afzalliklari
25.11.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Nilufar Djalilova.

Ma’lumki, DMK(dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar)ni dasturlash uchun xalqaro standartda MEK 61131-3 belgilangan maxsus tillardan foydalaniladi. Ular maxsus mutaxassislar uchun mо‘ljallanmagani uchun foydalanish uchun oson va qulaydir. Ilgari bunday dasturiy ta’minotlardan faqat ishlab chiqaruvchilar foydalana olgan bо‘lsa, hozirgi davrda tijorat mahsuloti turlaridan biriga aylangan.

Mikroelektronika sohasida tо‘laqonli raqobatbardosh va bundan tashqari, zamonaviy interfeysga ega dasturiy muhitlarni yaratish oson ish emas. Unga о‘z navbatida, iqtisodiy va ijtimoiy mablag‘ talab etiladi. Keyingi о‘n yillikda jahon bozorida ixtiyoriy apparat platformasiga mos keluvchi universial jihozlar paydo bо‘ldi. Yevropa bozorlarining asosini 3S-Smart Software Solutions GmbH kompaniyasiga tegishli CoDeSys dasturiy tо‘plami egallagan. 2012-yilga kelib, uni 400 mingdan ortiq kompaniyalar qо‘llagan.

CoDeSys moslashishi kо‘p mablag‘, vaqt talab qilgani bilan unga talab katta. Shuni inobatga olgan holda, savol tug‘ilishi mumkin, ya’ni uni о‘rnatilgan tizimlarda qо‘llagan davrda vaqt, mablag‘, moslashishlar va boshqa (kiritish/chiqarish modul drayver)larni ketgan vaqt qanoatlantiradimi?

Tо‘liq qanoatlantiradi deb ayta olamiz, chunki murakkab dasturlash jarayonlari va ularni tizimga yozish, tekshirish kabi amallar mujassamlangan. CoDeSys’da dasturchi yuqori pog‘onada ishlaydi, demak, ish jarayoni tez va sifatli amalga oshiriladi. Ushbu jarayon amaliy dasturlash va tizim pog‘onasining aniq taqsimlangani natijasida amalga oshiriladi.

CoDeSysda maxsus tizim kutubxonasi mavjud bо‘lib operatsion tizimga kirish uchun ruxsat olish imkonini yaratadi. Masalan, CoDeSys bajaruvchi tizimi QNXga mо‘ljallangan bо‘lsa, u holda kо‘p masalali MEK modeli bilan chegaralanmasdan, operatsion tizimning barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda topshiriqni dinamik tarzda yaratish imkoni amalga oshiriladi. MEK kombinatsiyalarida dastur masalalaridan biri sifatida qо‘llaniladi, CoDeSys’da esa bir muhitda loyiha tо‘laligicha amalga oshiriladi. Yuqorida sanab о‘tilgan imkoniyatlar CoDeSysda о‘rnatilgan tizimlar uchun yaratilgan dasturiy ta’minot bilangina cheklanmaydi, balki ularni amalga oshirish va kuzatish imkoniyatlari ham mavjuddir. Bu esa о‘z navbatida, maoshlari kо‘p mablag‘ talab etadigan muta-xassislarga talabni bartaraf etadi va ish sifatini oshiradi.

CoDeSysda telekommunikatsiya tarmoqlari elementlarining tarmoqda ishlashini monitoring qilish va bu bilan zaruriy ma’lumotlarga ega bо‘lish mumkin. Bundan tashqari, telekommunikatsiya tizimlari holati jadvali dasturini tuzish mumkin, natijada tizim dasturiy ta’minotini qurilmalar va ish sifatini ta’minlovchi tizim dasturlarini bajarish holatini kuzatish mumkin. Yaratilgan dastur talab etilgan elementlarni boshqara boshlaydi. CoDeSysda nafaqat dastur yaratish, balki modellashtirish imkoniyatlari ham mavjud. Dasturlar muhitida grafik redaktor mavjud bо‘lib, grafik elementlar yordamida sxemalarni chizish imkonini yaratadi.

Har bir sxemadagi elementlarning о‘z tо‘plamlari mavjud, shuningdek, ularning parametrlarini kо‘rsatib, ish jarayonini kuzatish mumkin. Elementlar qatorida oddiy (chizma, tо‘rtburchak va boshqalar) murakkab elementlar(shkala, gistogramma va boshqalar) nosozlik holatlari uchun maxsus jadvallar mavjud. Elementlar interaktiv, ular yordamida ma’lumotlarni sensorli panel yoki klaviaturadan kiritish mumkin. CoDeSysning yana bir о‘ziga jalb etuvchi tomonlaridan biri barcha hisob kontrollerda bajariladi. CoDeSys maxsus komponetlariga asosan vizualizatsiyani kontrollerlarga ulangan holda, Web-brauzerlarda amalga oshirilishi ham mumkin.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, dasturlash texnologiyalarida mavjud dasturiy muhitlardan CoDeSys о‘zining qulayliklari, barcha uchun tushunarli jihozlar, grafik interfeysning mavjudligi, modellashtirish, sxema elementlariga komponetlarni belgilash va kuzatish, real qurilmalarga dastur о‘rnatish bir muhitning о‘zida mujassam etilganligi bilan afzaldir.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Петров И. В. «Язык ST для C программиста» // Мир компьютерной автоматизации. 2012.
2. Петров И. В. Отладка прикладных ПЛК программ в CoDeSys // Промышленные АСУ и контроллеры. 2006. №№2–5, 7, 9, 11. 2007. №1.
3. Петров И. В. IPC@CHIP — встраиваемый компьютер на одной микросхеме// Автоматизация в промышленности. 2006. №2. Рис. 2. Графическая трассировка в CoDeSys.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq