Elektr tarmoqlariga ulanishi uchun Texnik shartlarni olish
24.11.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

Yagona portalda iste’molchilarning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulanishi uchun texnik shartlar olishiga elektron ariza yuborish yangi xizmati joriy etildi.

Ushbu xizmat, Yagona portalda roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari — jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladi.

Texnik shartlar olish uchun ariza iste’molchi elektr qurilmalari ulanishi moʻljallanayotgan elektr ta’minoti korxonalarining «bir darcha» xizmatlari tomonidan koʻrib chiqiladi.

Endilikda, tadbirkorlik subyektlari Texnik shartlar olish uchun arizani toʻldirishlari, unga aholi yashash punktlariga bogʻlangan kartografik materialni ilova qilishlari va elektron tarzda yuborishlari bilan cheklanadi. Arizani toʻldirishda hech qanday kamchilik aniqlanmagan taqdirda, 3 ish kuni muddatida foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulanishi uchun texnik shartlar yuboriladi.

Mazkur xizmat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164 sonli «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori ijrosini ta’minlash doirasida joriy etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq