16 va undan katta yoshdagi nogironlarni reabilitatsiya qilishda yakka tartibdagi dasturdan dublikat olish uchun elektron ariza taqdim etish
24.11.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi Yagona portal mutaxassislari bilan hamkorlikda «16 va undan katta yoshdagi nogironlarni reabilitatsiya qilishda yakka tartibdagi dasturdan dublikat olish uchun elektron ariza taqdim etish» yangi xizmatini yoʻlga qoʻydi.

Ushbu xizmat turidan Yagona portal xizmatlaridan foydalanish uchun portal tartibiga muvofiq roʻyxatdan oʻtgan 16 yosh va undan yuqori yoshdagi imkoniyati cheklangan jismoniy shaxslar hamda ularning qonuniy vakillari foydalanishlari mumkin.

Ta’kidlash joizki, dublikat yoʻqotilgan taqdirda, siz Yagona portal orqali uni qayta soʻrab olishingiz mumkin. Eslatma: qiyinchiliklarga duch kelmasligingiz uchun siz oʻzingizda «Nogironlikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma»ni asl nusxasini saqlashingiz hamda uni soʻrovchi tashkilotlarga ma’lumot nusxasini taqdim etishingiz shart.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq