“Beeline” va “Samsung” navbatdagi bonusli aksiya o‘tkazmoqda
21.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Beeline” “Samsung” bilan birgalikda aksiya boshlangani haqida xabar beradi. 2015 yilning 31 yanvarigacha “Samsung”ning Galaxy Note 4, Galaxy S5, Galaxy Alpha, Galaxy Tab S 8.4 и Galaxy Tab S 10.5 innovatsion moslamalaridan birini harid qilib haridor eng yirik aloqa operatoridan bonuslarga ega bo‘ladi.

beeline_21_11_2014

Voqeani sharhlar ekan “Unitel” MChJ tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “Bizning eski va ishonchli hamkorlarimiz bilan birgalikdagi yangi aksiya “Beeline” abonentlariga uyali Internetdan, shu qatorda – eng yangi 4G texnologiyasi orqali imtiyozli foydalanishga noyob imkoniyat beradi. Ishonaman, yangi yil bayramlari arafasida ko‘pchilik o‘zi va o‘z yaqinlarini ajoyib sovg‘a bilan hursand qilish imkoniyatidan foydalanadilar”.

Ikki turdagi bonusning biridan foydalanish mumkin. Birinchisi – bu maxsus “GALAXY” tarif rejasi, u devays sotib olingan kundan boshlab 6 oy davomida har oy 2000 MB, tarmoq ichida 200 daqiqa va tarmoq ichida 200 SMS’dan bepul foydalanish mumkin. Tanlov uchun ikkinchi bonus – “Status Platinum 4G” tarif rejasining abonent to‘loviga 80% chegirma.

“Beeline”dan bonusga ega bo‘lish uchun smartfon harid qilinayotgan paytda sotuvchi to‘ldirilgan muhrli kafolat cheki va harid uchun chekni taqdim qilishi darkor. Aynan shu xujjatlar “Beeline”ning savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarining kiraverishida joylashgan promo-nuqtalarda ko‘rsatiladi. “Beeline” yoki “Samsung” vakili moslama qutisiga maxsus muhrni bosadi va kafolatli bonuslarni olish uchun Beeline-kuponini taqdim etadi.

Taqdim etilgan bonuslardan birini qo‘lga kiritish uchun “Beeline”ning istalgan rasmiy savdo va xizmat ko‘rsatish ofisiga murojаat etish va qutisiga “Beeline” va “Samsung” muhri urilgan moslamani, sotuvchi muhri urilgan kafolat taloni va promouterlar tomonidan muhr qo‘yilgan Beeline-kuponini ko‘rsatish lozim.

O‘zbekiston hududida harid qilingan va 1 yillik rasmiy kafolati bo‘lgan yuqorida ko‘rsatilgan modellar aksiyada ishtirok etishadi. Bonuslar “Beeline”ning mavjud va yangi abonentlariga taqdim etiladi. “Beeline Platinum 4G uchun 80% chegirma” bonusi tanlanganida maxsus ajratilgan “oltin” raqamlardan birini tanlash lozim, chunki “Status Platinum 4G” tarifini LTE texnologiyasining yangiligi tufayli avvaldan mavjud raqamga yoqtirishning iloji yo‘q.

Bonuslarni olish uchun kupon 2015 yilning 15 fevraliga qadar amal qiladi. Tafsilotlar, shuningdek savdo nuqtalari va ofislarning manzillari www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq