“Be on line”ning navbatdagi sovrinlari bugun O‘zbegim Taronasi efirida o‘ynaladi
21.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” 21 noyabr juma kuni soat 20:00da FM101 O‘zbegim Taronasi radostansiyasining jonli efirida bo‘lib o‘tadigan “Be on line”ning navbatdagi o‘yini haqida xabar beradi. Samsung Galaxy S3 mini smartfoni va boshqa bonusli sovrinlarning egalari radiotinglovchilarning tasodifiy tanlovi orqali aniqlanadi.
Radiodagi jonli efirda haftalik o‘yin vaqtida raqamlari mos tushgan abonentlar qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritadilar:
- 4ta raqam – sovg‘a “Beeline Club”dan 1000 ball
- 5ta raqam – sovg‘a 6 oyga 5000 SMS
- 6ta raqam – sovg‘a 6 oyga 5000 Mb internet
- 7ta raqam – Samsung Galaxy S3 mini smartfoni
Haftalik o‘yinda ishtirok etish uchun *777# chaqiruv USSD so‘rovini terib “Beeline Club”ga a’zo bo‘lish zarur. Agar abonent avvaldan dastur ishtirokchisi bo‘lsa, o‘yingacha bo‘lgan o‘tkan hafta dushanbadan yakshanbagacha “Beeline Club”ning istagan bonusli paketiga ballarini almashtirishi kifoya.
Yil so‘ngida “Beeline” supersovrinlarning yakuniy o‘yinini o‘tkazadi – 14ta Samsung Galaxy Note planshetlari – avvalgi haftalik Samsung Galaxy S3 mini va boshqa bonusli sovrinlar o‘yinida bir marotaba bo‘lsa ham ishtirok etgan, va g‘olibni aniqlash vaqtida aktiv bo‘lgan barcha abonentlar orasida bo‘lib o‘tadi.
Aksiya 2014 yilning 26 dekabr oyiga qadar bo‘lib o‘tadi. Tafsilotlar www.beeline.uz va www.beelineclub.uz saytlarida.
Manba: kompaniya press-relizi