O‘zbekiston xalq artisti, birinchi o‘zbek opera xonandasi Halima Nosirovaning 100 yillik tavvaludiga bag‘ishlangan xotira kechasi
20.11.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Nigora Umarovа.

bib_20_11_2014

Аlisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada “INFOLIB-2014” III –axboriy kutubxona haftaligi doirasida jami 67ta turli-tuman taqdimotlar, ko‘rgazmalar, ijodiy uchrashuvlar, tadbirlar va kontsert dasturlari bo‘lib o‘tdi.

Аlisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining III «INFOLIB-2014» Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston xalq artisti Halima Nosirova tavvaludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda filologiya fanlari doktori, adabiyotshunos olim Naim Karimov, san’atshunoslik fanlari doktori Hamidulla Akbarov, artistning yaqinlari — O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov, san’atshunoslik fanlari doktori, O‘zbekiston xalq artisti Ofeliya Yusupova, O‘zbekiston xalq artisti Klara Yusupova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Roza Yusupova, san’atkor Rahima Yusupovalar qatnashib, ishtirokchilargsha Halima Nosirova haqidagi yorqin xotiralarni so‘zlab berdilar.

bib_20_11_2014_1

Tadbirda Halima Nosirova ijrosidagi “Men o‘zbek qiziman” (she’r muallifi Asqad Muxtor, kompozitor Manas Leviyev) qo‘shig‘i fotoalbom taprzida media-vositalar orqali namoyish etildi. Adabiyotshunos Naim Karimov Halima Nosirovaning Cho‘lpon bilan bo‘lib o‘tgan skan’at va adabiyot haqidagi suhbatlarini, san’atkorning turmush o‘rtog‘i adib, Komil Yashin bilan mehr-muhubbatda yashagan, garchi o‘zlarining ikki farzandlari bo‘lsa-da, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni o‘z bag‘riga olib tarbiyalaganliklari; san’atshunos Hamidulla Akbarov esa Xo‘janazar Huvaydo qalamiga mansub “Bir buzuq vayronadur ul uydakim yor o‘lmasa…” matla’li g‘azal bilan boshlanuvchi qo‘shiqning yaratilishi, san’atkor haqida yaratilgan to‘liq metrajli hujjatli film xususida so‘zlab berdi.

Buyuk san’atkorning farzandi Nodira No‘’monovaning Halima Nosirova haqidagi xotiralari videolavha orqali ko‘rsatildi. Unda Nodira No‘’monova quyidagilarni so‘zladi :“Onam butun umrini san’atga bag‘ishladi. U o‘zbek ekanligidan doimo faxrlanardi. Ko‘p vaqtini ijodga, ijodiy safarlarga ajratishiga qaramay, bizga ham katta e’tibor qaratardi. Safardan qaytishida nimaiki narsa olsa, doimo ikkita olib: biri senga bo‘lsa, ikkinchisini narsa olishga ota-onasining qurbi yetmaydigan o‘rtog‘ingga ilingin, – deb tayinlar edilar. Ular doimo qo‘lidan kelganicha, insonlarga, eliga yaxshilik qilishga undardilar”.

O‘zbekiston Milliy konservatoriyasining cholg‘uchilari hamda murabbiy, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Komilaxonim Bo‘riyeva boshchiligidagi talabalar I. Boboyeva, D.Zoxidova, F.Ziyayeva va U.Xusanboyevalar Halima Nosirova ijro etgan “Ey, yori xush kelibsiz”, “Chaman ichra”, “Yor vasli” qo‘shiqlarini kuylab berdilar.

bib_20_11_2014_2

O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov Halima Nosirovaga bag‘ishlangan “Men o‘zbek qiziman” kitobining yaratilishi haqida gapirib, san’atkor eli, yurti oldida o‘z qadr-qiymatini topgani, xizmatlari yuqori baholanib, O‘zbekiston xalq artisti, yurtboshimiz tomonidan esa “El-yurt hurmati ordeni” bilan taqdirlanganligi hamda uning ijodiy va hayotiy faoliyati ijodkorlarga doimo o‘rnak bo‘lishi haqida aytdi hamda kutubxona ma’muriyatiga va ijodiy kecha tashkilotchilari va ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Shu jumladan, hafta doirasida O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov va Nasiba Abdullaevalar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq