“O‘zbekiston matbuoti” ko‘rgazmasida AKT sohasi nashrlari ishtiroki
19.11.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_19_11_2014

Joriy yilning 29-20 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida “O‘zbekiston matbuoti” IV milliy ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Vazirlar Mahkamasi ko‘magida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan o‘tkazilmoqda.

Ko‘rgazmada aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi yangiliklari, tahlili, dolzarb mavzularini yoritishga ixtisoslashgan “Xabar”, “ICTNEWS” hamda “InfoCOM.UZ” nashrlari ham ishtirok etmoqdalar.

Ko‘rgazma Davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ommaviy axborot vositalarini davr ruhiga hamohang tarzda isloh etish, jurnalistlarning erkin va samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur huquqiy-tashkiliy, moddiy va ma’naviy imkoniyatlarni yaratishga oid masalalar yuzasidan aniq vazifalarni belgilab olish maqsadida tashkil etilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq