“Beeline”ning yangi antennalari Farg‘ona viloyatining butun hududi bo‘ylab o‘rnatildi
19.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Farg‘ona viloyatida tarmoqlar qoplami doirasining keng miqyosda kengaygani haqida xabar beradi.

beeline_19_11_2014

Zamonaviy innovatsion uskunalarning ishga tushirilishi viloyat markazida aloqa sifatini yanada o‘sishiga imkon berdi: qo‘shimcha 3G antennalari Navoiy, Qodiriy, Farg‘ona, Yoshlik va Sayilgoh ko‘chalari bo‘ylab o‘rnatildi. Shuningdek yangi baza stansiyalri Qo‘qon (Yangi Chorsu, Navoiy, Farobiy va Xalq so‘zi ko‘ch.), Quvasay (Qadriyat ko‘ch.) va Marg‘ilon (Turkiston ko‘ch.) shaharlarida ham ishga tushirildi.

Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Resh shunday dedi: “Vodiyning barcha viloyatlarini birlashtiruvchi “Beeline”ning sharqiy filiali – abonentlarimizning to‘rtdan uch qismiga xizmat ko‘rsatadigan kompaniyamizning eng yirik klasteridan biridir. Albatta, xizmat sifatini rivojlantirish va hududda tarmoq kengayishiga jiddiy yondashilgan, va bu borada biz sezilarli natijalarni ko‘rmoqdamiz. “Beeline” O‘zbekistondagi faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab Farg‘ona vodiysida birinchi raqamli operator bo‘lib kelgan, va bu ko‘p narsani tushuntiradi”.

“Beeline” tarmog‘i shuningdek Farg‘ona viloyatining quyidagi tumanlarida sezilarli darajada kengaytirildi: Oltiariq (Katput QFY), Beshariq (Andarxon qishlog‘i), Buvaydi (Poshshopirim qilshlog‘i), Dang‘ari (Urganja qishlog‘i), Rishton (Uyrat qishlog‘i), O‘zbekiston (Nursux qishlog‘i) va Uchko‘prik (Qapaqo‘chqor qishlog‘i).

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq