“Beeline”ning 3G tarmog‘i Andijon viloyatida kengaymoqda
17.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Andijon viloyatining turli tumanlarida va viloyat markazida tarmoqlar qoplami doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Andijonning o‘zida yangi 3G baza stansiyalari Aylanma, Maybaxcha va Shahrixon ko‘chalari bo‘ylab tijorat qo‘llanuviga topshirildi.

“Andijon viloyati – qator yirik innovatsion, shu qatorda O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchilari hisoblangan korxonalarga ega tez rivojlanayotgan hudud, – deydi “Unitel”ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov. – Biz har kuni aholini ishonchli va sifatli aloqa bilan ta’minlash uchun ishlaymiz, va buning eng yaxshi usuli – yangi antennalarni o‘rnatish”.

beeline_17_11_2014

“Beeline” tarmoqni viloyatda ham faol kengaytirmoqda: yangi uskunalar quyidagi shaharlarda muvaffaqiyat bilan ishga tushirildi: Qo‘rg‘ontepa (Mustaqillik ko‘ch.) va Shaxrixon (Shahrixonshox ko‘ch.), shuningdek Andijon tumanining Zaurak, Ilg‘or, Neyman, Niyozbotir qishloqlarida ishga tushirildi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq