Nafaqa va yordam puli miqdori haqida ma’lumotnoma olish uchun elektron ariza yuborish
14.11.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

Yagona portalda O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan «Nafaqa va yordam puli miqdori haqida ma’lumotnoma olish uchun elektron ariza yuborish» yangi xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Fuqarolar bunday ma’lumotnomani olishlari uchun onlayn arizani to‘ldirishlari va Yagona portal orqali byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga yuborishlari kifoya. Ariza ko‘rib chiqilgach, fuqarolar tayyor ma’lumotnomani olishlari uchun 10 ish kuni mobaynida Pensiya jamg‘armasining tegishli boʻlimiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (yohud qonuniy vakilning vakilligini tasdiqlovchi hujjat)larini ko‘rsatgan holda murojaat etishlari mumkin.

Ushbu xizmatdan Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tgan nafaqa va yordam pulini oluvchi fuqarolar, shuningdek, ularning qonuniy vakillari foydalanishlari mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq