“Beeline”ning 3G tarmog‘i Jizzax viloyatida kengaymoqda
14.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Jizzax viloyatida tarmoqlar qoplami doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Hududning ma’muriy markazida yangi 3G baza stansiyalari Navro‘z mahallasi va Paxtakor ko‘chasida ishga tushdi, va bu qo‘shni tumanlarda aloqa sifati sezilarli darajada yaxshilanishini ta’minladi.

“Biz Jizzax viloyatida kengayish uchun ulkan imkoniyatlarni ko‘rmoqdamiz, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Markaziy hududiy filiali direktori Dilshod Anarmetov. – Maqsadimiz – tarmoq kengayishi tezligi bo‘yicha yetakchi bo‘lish, va men ishonaman, bu bizning qo‘limizdan keladi”.

Yangi uskunalar o‘rnatilishi natijasida Jizzax (Paxtaobod, Xamzaobod, Xayrobod QFY, Uchtepa qishlog‘i va Xasangul mahallasi), Do‘stlik (Bog‘zor va Yangiobod QFY), Zamin (G‘allakor QFY, Yom qishlog‘i, Rashidov maxallasi) va Yangiobod (Balandchaqir qishlog‘ì) tumanlarida, shuningdek Mirzacho‘l tumanining Gagarin shaxrida signal sifati yaxshilandi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq