“Beeline” 2014 yilning 9 oyi mobaynida tarmoq rivojlantirilishiga $51 000 000 yo‘naltirildi
12.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekistonning eng yirik aloqa operatorining 2014 yilning 9 oyi mobaynida tarmoq rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar miqdori 51 mln AQSH dollariga yetdi. Bunda “Beeline” abonentlarining soni sentyabr oyining so‘ngiga qadar 10 529 000 kishiga oshdi.

12 noyabr kuni eng yirik telekommunikatsiya xizmatlarining xalqaro provayderlaridan biri Vimpelcom Ltd (“Beeline” savdo belgisi) 2014 yilning III choragi uchun o‘zining moliyaviy va operatsion natijalarini e’lon qildi.

beeline_12_11_2014

O‘zbekistonda yil davomida EBITDA ko‘rsatkichi (asosiy vositalarning ishdan chiqishi, nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq zararlarni ayirib tashlashgacha bo‘lgan operatsion foyda) O‘zbekistonda yil davomida 9% o‘sdi. Bunda operatsiyalarning marjinalligi 66,5%gacha 0,5 foizlik punktga pasaydi.

“Beeline”ning O‘zbekistondagi abonentlar bazasi iyul-sentyabr oylarida 10 529 000 kishini tashkil qildi. Shunday qilib, yil davomida abonentlik shartnomalirining o‘sish ko‘rsatkichi qariyb 201 000 ni tashkil qildi (+2%). Bir oyda bitta mobil aloqasi abonentiga bo‘lgan o‘rtacha hisob (ARPU ko‘rsatkichi) $6 tashkil qildi. MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar ko‘rsatkichi) – bir yil avvalgi 568 daqiqaga nisbatan 504 daqiqa.

“Uchinchi chorakdagi faoliyatimizni uch so‘z bilan ifodalash mumkin: yetakchilik, ishonchlilik va innovatsiyalar, – voqeani sharhlaydi “Unitel” MChJ Bosh direktori Aleksandr Vorobyov. – Biz kompaniya rivojlanishiga o‘n millionlab dollar sarmoya qildik, qo‘shimcha 100 000 yangi abonentlarni jalb qildik, O‘zbekistonda birinchi bo‘lib tijorat qo‘llanuvi uchun LTE texnologiyasi bazasidagi to‘rtinchi avlod tarmog‘ini ishga tushirdi. Yil so‘ngiga qadar yana ko‘p mehnat qilish lozim, lekin men ishonaman, “Beeline” mijozlarning ishonchini oqlaydi”.

Vimpelcom Ltd ning uchinchi chorakdagi birlashtirilgan daromadi — 5,1 milliard AQSH dollarini tashkil qildi, EBITDA $2,2 milliardga oshdi, birlashtirilgan marjasi esa 42,9% ni tashkil qildi.
Tafsilotlar www.vimpelcom.com saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq