Yangi “CLICK-помощник” ilovasi – yanada qulay va 2 marotaba foydaliroq!
11.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Smartfon egalari uchun ishlab chiqarilgan “CLICK-помощник” ilovasi sezilarli darajada yangilanib, CLICK foydalanuvchilariga taqdim qilindi.

3 yilligi munosabati bilan CLICK kompaniyasi o‘zining “CLICK-помощник” ilovasini sezilarli darajada yangilanganligini mamnuniyat bilan xabar qiladi. Navbatdagi yangilanish ilovaning funksional tarafini jiddiy kengaytirdi: yangi hamkorlar kiritilgandan tashqari ilovaga yangi imkoniyatlar qo‘shildi.

Taqdim qilingan ilovaning eng asosiy yangiliklaridan biri bepul push-xabarnomalarni olish imkoniyatidir. Endilikda ularning kiritilishi natijasida ilova foydalanuvchilari har bir operatsiya muvaffaqiyatli oshirilganda qisqa 880 raqamdan yuborilgan pullik SMS-xabarnomalarni olmaydilar. Ushbu SMS-xabarnomalarning narxi har bir xabarnoma uchun 0,005$ edi. Yangilangan ilova o‘rnatilgandan keyin 880 qisqa raqamdan keladigan barcha xabarnomalar internet kanali orqali bepul yetkaziladi.

Shu bilan birga, ilovaga boshqa yangiliklar kiritildi. Shulardan, ilovaga yangi bo‘limlar kiritildi:
— “Мои карты” (Mening kartalarim)bo‘limi – ber nechta karta ulatgan foydalanuvchilar o‘z kartalarini operativ boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shu bo‘limda yana DUET kartalarni CLICK tizimiga ulatish imkoniyati ham joriy qilingan.
— “Поддержка” (qo‘llab-quvvatlash) bo‘limi – ushbu bo‘lim orqali foydalanuvchilar CLICK tizimining eng so‘nggi yangiliklaridan xabardor bo‘lishlari mumkin va to‘lovlar yuzasidan savollar paydo bo‘lganda onlayn tarzda ularni tunu-kun ishlaydigan qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yuborishlari mumkin.
— “Выставленные счeта” bo‘limi – ushbu bo‘limda foydalanuvchiga chiqarilgan hisoblar ro‘yxati keltiriladi. Shu joyning o‘zida ushbu hisoblarni ko‘rish, ularni to‘lash yoki bekor qilish mumkin.

Foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, bosh menyuda asosiy hisob-raqamni tanlash uchun panel qo‘shildi, xizmatlari va tovarlariga to‘lash mumkin bo‘lgan hamkorlar ro‘yxati kengaytirildi, ilovaning internet-kanal bo‘yicha ishlashi yaxshilandi va “История операций” (Оperatsiyalar tarixi) bo‘limi mukammallashtirildi.

“CLICK kompaniyasi o‘zining 3-yilligini nishonlayotgan kunida foydalanuvchilarimizni yangilangan “CLICK-помощник” ilovasi bilan xursand qilishdan juda mamnunmiz. Ushbu ilovamizning foydalanuvchilari kundan-kunga ko‘paymoqda va shu yo‘nalishda zamonaviy yechimlarni joriy qilish yangi muvaffaqiyatlarga yo‘l ochib bermoqda. Fursatdan foydalanib, tizimimizni tanlagan barcha foydalanuvchilarga minnatdorchiligimizni bildirmoqchi edim. Kompaniyamiz bundan keyin ham barchangizni qiziq va qulay yangiliklar bilan xursand qilishni davom ettiradi”, deb ta’kidladi kompaniya direktori Ulug‘bek Rustamov.

Ilovaning yangi versiyasi Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlar uchun bugundan boshlab taqdim qilindi. iOS tizimida ishlaydigan smartfonlar uchun yangilangan ilova yaqin vaqt ichida mavjud bo‘ladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq