Samarqand viloyatida “Beeline”ning o‘nlab yangi 3G baza stansiyalari qurildi
11.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Samarqand va Samarqand viloyatida tarmoqlar qoplami doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi.

beeline_11_11_2014

Hududning ma’muriy markazida yangi 3G baza stansiyalari Birlik va Katta o‘zbek trakti ko‘chalari bo‘ylab o‘rnatildi. Shuningdek, Samarqanddan tashqari Kattaqo‘rg‘on (Navoiy ko‘ch.), Urgut (Bog‘ishamol mahallasi) va Chelek (Farxadskaya ko‘ch) shaxarlarida “Beeline” tarmog‘i kengaydi.

“Samarqand viloyati – “Beeline”ning strategik klasteridan biri, va bu yerdagi tarmoqning kengayishiga katta ahamiyat berilmoqda, — deydi “Unitel”ning Markaziy hududiy filiali direktori Dilshod Anarmetov. – Samarqand o‘z vaqtida 3G texnologiyasdi bilan qamrab olingan respublikaning birinchi shaharlaridan biriga aylangan, va bugungi kunda u eng innovatsion g‘oyalarni joriy qilish maydonchasi hisoblanadi”.

Yangi uskunalar o‘rnatilishi natijasida Oqdaryo (Po‘latdarhon qishlog‘i), Bulung‘ur (Oqtepa qishlog‘i) Ishtixon (Baxrin qishlog‘i), Kattaqo‘rg‘on (Tavaron qishlog‘i va Jumaboy QFY) tumanlarida signal sifati yaxshilandi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq