“Beeline Club” hamkori “Razzione” restorani tanlovining g‘olibi e’lon qilindi
11.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Facebook‘dagi “Beeline Club”ning rasmiy sahifasida bo‘lib o‘tgan tanlovda Farruh Abduvohidov o‘z sharhi ostida eng ko‘p “Like” (“Menga maqul”) belgisini to‘plab “Beeline Club” hamkori “Razzione” sog‘lom taom restoranidan sovrinni qo‘lga kiritdi.
“Beeline O‘zbekistonning rasmiy sahifalarida deyarli har hafta turli sovrinli tanlovlar o‘tkazilmoqda, va biz abonentlarimizga va sahifamizning boshqa obunachilariga ochiq-oydin shartlarni kafolatlaymiz, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning matbuot kotibi Rezida Erdman. — “Razzione” bilan birgalikdagi tanlov g‘olibi o‘n kun davomida individual tuzilgan sog‘lom taomlarning butun kunlik ratsionini qo‘lga kiritadi. G‘oliblarimizga taomga innovatsion yo‘nalish kabi qiziqarli sovrinlarni taklif qilishdan mamnunmiz”.
Eslatib o‘tamiz, tanlov 31 oktyabrdan 7 noyabrga qadar davom etgan, unda ishtirok etish uchun “Beeline Club” sahifasiga obuna bo‘lish, tanlov posti ostida #ЯлюблюRAZZIONE xeshtegini yozib qoldirib, o‘z sahifasida yangilik bilan bo‘lishish lozim edi.
Manba: kompaniya press-relizi