Qashqadaryo viloyatidan Doston Ubaydullayev “Beeline”dan to‘rtinchi xonadonni yutib oldi
10.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Innovatsiya” aksiyasining to‘rtinchi bosqichi natijalarini sarhisob qilmoqda. O‘tgan juma 7 noyabr kuni «Yoshlar» telekanalining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida “Zamonaviy uy” tizimli xonadon va yirik pul sovrinlarining to‘rtinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyatidan Doston Ubaydullayev (ХХ) Х57 65 73 xonadon egasiga aylandi. Million so‘mlik pul sovrinlarini Olga Tursunova, Pelageya Gorbunova, Nodira Sultonova, Pamir Shirinbekov, Shuxrat Djalilov, Matluba Turaxanova va Xasan Serikbaevlar qo‘lga kiritdilar.
«Yoshlar» studiyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish 20:20 da «Beeline» vakillari taniqli “Shod” guruhi va aktrisa Dilnoza Kubaeva ishtirokida amalga oshirildi. “Zamonaviy uy” tizimli navbatdagi xonadon bir hafta davomida dushanbadan yakshanbagacha aloqa xizmatlariga $2,5 dan ziyod mablag‘ sarflagan barcha abonentlar orasida o‘ynaldi. “Status” turkumidagi tarif rejalar abonentlari “Innovatsiya” aksiyasida avtomatik ishtirok etdilar.
““Innovatsiya” aksiyasi yanada ko‘p abonentlarni qamrab olmoqda, har bir insonning ishonchini oqlagan holda, har bir o‘yinni jonli efirda «yulduzli» komissiya ishtirokida o‘tkazmoqdamiz, — voqeani sharhlaydi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov. – Har kim studiya qo‘ng‘iroq qilib tushib va istagan sonini aytib, o‘yin natijasiga tasir ko‘rsatishi mumkin. Biz nafaqat ishonchli operator bo‘lishdan, balki abonentlarimiz uchun yangi imkoniyatlarni ochishdan mamnunmiz. Biz to‘rtinchi xonadon egasini tabriklaymiz va barcha abonentlarimizni o‘z omadlarini sinab ko‘rishga taklif qilamiz”.
Eslatib o‘tamiz, “Innovatsiya” aksiyasi 2014 yilning 30 iyunidan 27 dekabriga qadar o‘tkaziladi. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi