Viloyatichi yo‘nalishlarida xarakat qiluvchi pochta avtomobillarni GPS tizimiga bog‘lash ishlari davom ettirilmoqda
08.11.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Joriy yilning avgust oyida, 2013 yilda tasdiqlangan «Universal xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida pochta aloqasi milliy operatori tarmog‘ini zamonaviylashtirish» loyihasiga muvofiq «O‘zbektelekom» AKning «O‘zMobayl» filiali bilan 58ta “GPS treker”larni keltirish va tegishli dasturiy ta’minotni o‘rnatish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Xozirgi kunda 58ta GPS trekerlarning barchasi filiallarning viloyatichi yo‘nalishlarida xarakat qiluvchi avtomobillariga o‘rnatilgan.

Shuningdek «Xalqaro pochtamt» filialining ilgari “GPS treker”lari o‘rnatilgan 10ta avtomobillarini Jamiyatning yangi markazlashtirilgan tizimiga bog‘lash ishlari olib borilmoqda. 2014 yilda Jamiyat filiallarining jami 68ta avtomibillari GPS monitoring tizimiga bog‘lanadi. 2015 yilda ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom ettiriladi.

Pochta tashish sohasida avtotransport parkini mintaqalar darajasida global pozitsiyalash tizimiga bog‘lanishi natijasida tashishning barcha etaplarida pochta jo‘natmalarining saqlanishligi sezilarli darajada o‘zgarishi va logistika xarajatlarining iqtisodiy ko‘rsatgichlari yaxshilanishi kutilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq