Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasining tanlovida birinchi kompyuter sohibi aniqlandi
07.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” 2014 yilning 3-7 noyabr kunlari Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Beeline Club” sahifasi foydalanuvchilari uchun o‘tkazilgan tanlov natijalarini sarhisob qilmoqda. Toshkentlik 25 yoshlik Go‘zal Alimbekova tanlov g‘olibi va kompyuter sohibiga aylandi.

“Men haligacha ishona olmayman, chunki men dugonamni qo‘llab-quvvatlamoqchi edim halos, keyin esa qiziqib, g‘olibga aylandim. Yanvar oyida ikkinchi farzandimni kutmoqdaman, va bu sovrin men uchun sovg‘a! – taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi tanlov g‘olibi Go‘zal Alimbekova. – Tanlov chog‘ida men Xorazmda mehmonda edim, va har kuni ertalab telefonimni qo‘limdan tashlamadim, chunki tanlovda mobil internet orqali ishtirok etdim. Zamonaviy innovatsiyalar va ishonchli aloqa orqali men “Beeline” saytidan kerakli javoblarni tez topib, ularni birinchilar qatorida sharh tarzida joylashga ulgurdim!”.

Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirok etish uchun Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasiga obuna bo‘lish, shuningdek 3 noyabrdan 7 noyabrga qadar “Beeline Club” sahifasida bir tanlov savoliga javob berish kerak edi. Har bir berilgan to‘g‘ri javob tanlovning birinchi kuni – 1 ball, ikkinchi kuni – 2 ball, uchinchi kuni – 3 ball, to‘rtinchi va beshinchi kunlari – mos ravishda 4 va 5 ball bilan hisoblandi. Eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb tan olindi.

Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasi “Beeline” kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun “Beeline” xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga “Gold” kartasi, 3000 ball evaziga esa “Platinum” kartasini qo‘lga kiritish mumkin. “Status” tarif rejasi abonentlari avtomatik holda “Beeline Club” ishtirokchisiga aylanadilar.

“Beeline”ning “Beeline Club”ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Tafsilotlar www.beelineclub.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq