“Beeline” GSM va 3G tarmog‘ini Namanganda kengaytirmoqda
05.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Namangan viloyatining viloyat markazi va turli tumanlarida GSM va 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Yangi baza stansiyalari Mustaqillikning 10 yilligi, Chortoq, Otamirzayev, Namangan, Namanganiy, Boburshox ko‘chalarida va uchinchi mikrotumanda ishga tushirildi.
Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov shunday dedi: “Biz Namanganda aloqa sifatini oshirish uchun ko‘p mehnat qilamiz, va bugungi kunda “Beeline”ning innovatsion yechimlari bizning yetakchilik imkoniyatlarimizni kerakli darajaga ko‘tarmoqda. Signalning ishonchli darajasi va maksimal qamrov – kompaniyaning asosiy omillaridir, va biz ularni to‘liq ravishda joriy qilishga intilamiz”.
Yangi uskuna o‘rnatilishi natijasida Olaxamak (Namangan tumani), Karnon (Chust tumani) qishloqlarida, shuningdek Chust shahrining Sufizoda ko‘chasida signal sifati yaxshilandi.
Manba: kompaniya press-relizi