Juma kuni “Beeline” o‘z abonentlari orasida “Yoshlar” telekanalining efirida to‘rtinchi xonadonni o‘ynaydi
04.11.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Innovatsiya” aksiyasi doirasida olti innovatsion xonadonlardan to‘rtinchisi o‘ynalishi haqida xabar beradi. G‘olib 7 noyabr kuni soat 20:20 “Yoshlar” telekanalining jonli efirida aniqlanadi.

Har oylik supersovrinlar o‘yinida ishtirok etish uchun aloqa xizmatlariga xaftasiga $2,5dan ziyod mablag‘ sarflab (dushanbadan yakshanbagacha) “Beeline”ning faol abonenti bo‘lish lozim. Status turkumidagi tarif rejalar abonentlari “Innovatsiya” aksiyasida avtomatik ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin 2014 yilning avgust oyidan boshlab har oy jonli televizion efirda bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar oshkora ravishda jonli efirga qo‘ng‘iroq qilib tushgan abonentlarning tasodifiy tanlashi orqali aniqlanadi. Qo‘ng‘iroq qilgan abonent va boshlovchi orasidagi muloqot jonli efirda hay’at guruhi ishtirokida ro‘y beradi.

Raqamlar kompyuter dasturida aytib o‘tilgan tartib bo‘yicha o‘ngdan chapga kiritiladi:

  • 5 raqam mos tushganida raqam egasi 1 000 000 so‘m sovrinni qo‘lga kiritadi
  • 6 raqam mos tushganida abonent 2 000 000 so‘m sovrinni qo‘lga kiritadi
  • Barcha 7 raqami mos tushgan abonent o‘z shahrida joylashgan xonadon egasiga aylanadi.

“Innovatsiya” aksiyasi 2014 yilning 30 iyunidan 27 dekabriga qadar o‘tkaziladi. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq