“O‘ZBEKTELEKOM” AKning TelecomTV internet-televideniyesi – CLICK tizimining yangi hamkori!
01.11.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

“O‘ZBEKTELECOM” AK TelecomTV internet-televideniye xizmatlariga to‘lash imkoni ochildi.

CLICK kompaniyasi o‘z foydalanuvchilariga CLICK tizimi orqali «O‘ZBEKTELEKOM» AKning TelecomTV internet-televideniye xizmatlariga to‘lash imkoni ochilgani to‘g‘risida mamnuniyat bilan xabar qiladi. “O‘ZBEKTELEKOM” AKning TelecomTV internet-televideniyesi o‘z mushtariylariga IP-tarmog‘i orqali turli Respublika va chet el kanallarni yuqori-sifatdagi (HD) videooqim va ko‘pkanalli tovushdagi translyatsiyalarni qabul qilish imkonini beradi.

Bugungi kunga kelib, TelecomTV mushtariylari 60ga yaqin kanallarni ko‘rishlari mumkin. Shu bilan birga, mushtariylarga turli qo‘shimcha xizmatlar joriy qilingan: “Talab bo‘yicha video” (VoD), “Vaqt bo‘yicha surilgan TB” (Time-shifted TV), “Virtual kinozal” (nVoD), “Ota-onalar nazorati” (Parents control) va boshqalar.

CLICK foydalanuvchilari endilikda to‘lovlarni real vaqtda, hech qanday komissiyasiz, o‘zining telefondan yoki my.click.uz va m.click.uz manzillarda joylashgan “Shaxsiy Kabinet”laridan mablag‘ tushirishlari mumkin. Shu bilan birga, foydalanuvchilar ekspress-to‘lovdan ham foydalanishlari mumkin: *880*0102* shaxsiy hisob raqami*summa#.

Hozirgi kunda Samarqand, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlardagi TelecomTV mushtariylari uchun to‘lovlar o‘tkazish va balanslarini to‘ldirish imkoniyati joriy qilindi.

“O‘ZBEKTELEKOM” AKning TelecomTV raqamli televideniye xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘tkazish imkonining yaratilishi “O‘ZBEKTELEKOM” AK bilan samarali hamkorlikning navbatdagi bosqichidir. Respublikamizda bosqichma-bosqich va dadil qadam bilan ilgarilab ketayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va iste’molchilar uchun keng ko‘lamli qulayliklar va imkoniyatlarning amalga tushurilishi o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lib, davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar orasida alohida o‘rin tutmoqda. Ushbu yo‘nalishlar CLICK kompaniyacida qabul qilingan rivojlanish strategiyasida va ko‘rsatilayotgan xizmatlar ro‘yxatini yanada kengaytirishga qaratilgan barcha ishlarda asos qilib olingan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq