Bugun Parijda O‘zbekiston vakili ishtirokida ESWC 2014 e-sporti bo‘yicha Jahon Chempionati matchlari bo‘lib o‘tadi
30.10.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

eswc_30_10_2014

Bugun 30 oktyabr kuni Parijda Toshkent vaqti bilan 18:30da ESWC 2014 e-sporti bo‘yicha Jahon kubogi musobaqalarining FIFA15 (virtual futboli) bo‘yicha guruh o‘yinining yetti turniri bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistondan Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 milliy birinchiligining chempioni Abdusapi Qayumov ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, hammasi bo‘lib FIFA 15 o‘yini bo‘yicha ESWC 2014jahon kubogida sayyoraning 32 eng kuchli geymerlari ishtirok etishadi. Abdusapi Qayumov ikkinchi kichik guruhda Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Fransiya, Daniya, Xitoy, Argentina va Janubiy Koreya geymerlari bilan o‘ynaydi.

eswc_30_10_2014_1

Har bir kichik guruhdan to‘rt eng yaxshi futbolchi Jahon kubogining ¼ finaliga chiqadi.

Tafsilotlar http://www.eswc.com saytida.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq