O‘zbekiston vakili ESWC 2014 e-sporti bo‘yicha Jahon Chempionatiga yetib keldi
28.10.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

28 oktyabr kuni Parijda ESWC 2014 e-sporti bo‘yicha Jahon kubogi musobaqalari boshlandi. FIFA 15 (virtual futbol) bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 milliy birinchiligining chempioni O‘zbekiston vakili Abdusapi Qayumov ishtirok etadi. U ikkinchi kichik guruhda Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Fransiya, Daniya, Xitoy, Argentina va Janubiy Koreya geymerlari bilan o‘ynaydi.

eswc_28_10_2014

Hammasi bo‘lib FIFA 15 o‘yini bo‘yicha ESWC 2014jahon kubogida sayyoraning 32 eng kuchli geymerlari ishtirok etishadi. Tashkilotchilar ishtirokchilarni darajasiga qarab, har birida 8 ishtirokchidan iborat 4 guruhga bo‘lishdi.

30 oktyabr kuni Parij vaqti bilan soat 14:30dan 30 daqiqa oraliq bilan guruh turnirining barcha yetti o‘yini bo‘lib o‘tadi. Har bir kichik guruhdan to‘rt eng yaxshi futbolchi Jahon kubogining ¼ finaliga chiqadi.

Tafsilotlar http://www.eswc.com saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq