O‘zbekiston vakillari Parijdagi ESWC 2014 Jahon kubogiga yo‘l oldilar
16.10.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

beeline_16_10_2014

16 oktyabr kuni Halqaro biznes markazining “Toshkent” zalida mamlakatimizning e-sporti bo‘yicha FIFA15 Jahon kubogining final bosqichida ishtirokiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil qilindi. Dunyoning 32 eng yaxshi geymerlari safiga O‘zbekiston chempioni Abdusapi Qayumov kirdi.

beeline_16_10_2014_1

Voqaeni sharhlar ekan, “Uzbekistan Cyber Games” tashkiliy qo‘mitasi rahbari Aleksandr Suchkov quyidagilarni belgiladi: “Mamlakat kibersportining obro‘si “Beeline”ning faol qo‘llab quvvatlashi bois butunlay yangi yuksaklikni egalladi. O‘tgan yildagi Pavel Saprikin va Sardorbek Abdullayevning g‘olibliklari, shuningdek Abdusapi Qayumovning Jahon Chempionatiga chiqishi O‘zbekistonni sayyoraning eng kuchli e-sportchilari safiga qo‘shdi, va bu yili biz Fransiyada muvofiq ravishda ishtirok etishga harakat qilamiz”.

beeline_16_10_2014_2

Eslatib o‘tamiz, 15 avgustdan 26 sentyabrgacha mamlakatning to‘rt yirik shaharlarida ikki ommabop sport turlari: DotA AllStars guruh strategiyasi va futbol simulyatori FIFA14 bo‘yicha turnirlar bo‘lib o‘tdi. Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 virtual futboli Jahon Kubogi saralash bosqichining bo‘limi edi.

beeline_16_10_2014_3

Abdusapi Qayumovning Parijga kuzatar ekan, FIFA arbitri Ravshan Irmatov unga Parijda yorqin tarafda o‘ynashini tiladi. ESWC 2014 jahon Kubogi o‘yinlari 29 oktyabrdan 2 noyabrga qadar Parijda bo‘lib o‘tadi. Tafsilotlar http://www.eswc.com

beeline_16_10_2014_4

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq