Ravshan Irmatov Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi
30.09.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

27 sentyabr kuni “Zarafshon” kinokonsert zalida Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 e-sporti bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda milliy birinchilikning tashkilotchilari, o‘zbek estradasi yulduzlari va ko‘plab ishqibozlar ishtirok etishdi.

beeline_30_09_2014

beeline_30_09_2014_1

Eslatib o‘tamiz, 15 avgustdan 26 sentyabrga qadar mamlakatning to‘rt yirik shahrida ikki ommabop o‘yin intizomlari: DotA AllStars guruh strategiyasi va FIFA14 futbol simulyatori bo‘yicha turnirlar bo‘lib o‘tdi. Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 virual futbol qismi ESWC 2014 Jahon kubogining saralash bosqichi bo‘lib, uning natijalariga ko‘ra Toshkent shahridan Abdusapi Qayumov respublika chempioni bo‘lib, Fransiyada dunyo birinchiligi medali uchun kurashadigan sayyoraning 32 eng kuchli geymerlari ro‘yhatiga kirdi.

beeline_30_09_2014_2

beeline_30_09_2014_3

Abdusapi Qayumovni taqdirlar ekan, FIFA arbitri Ravshan Irmatov jahon maydonida sezilarli darajada muvaffaqiyatga erishgan virtual futbolchilar ketidan futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma-jamoasi ham Jahon Chempionatiga chiqishiga ishonch bildirdi. Turnirning eng kuchli geymerini tabriklar ekan, unga Parijda yorqin tarafda o‘ynamoqni tiladi.

beeline_30_09_2014_4

beeline_30_09_2014_5

“Men, boshqalar kabi yigitlarimizning jahon sport maydonidagi muvaffaqiyatlaridan, medallar va yuksalishlaridan g‘ururlanaman, — dedi marosimni ochar ekan “Beeline”ning Bosh direktori Aleksandr Vorobyov. – Halqaro turnirlaridagi bo‘lg‘usi g‘alabalarga aynan hududiy va respublika darajasidagi chempionatlar mustahkam poydevor yaratadi, deb hisoblayman. O‘zbekiston iqtidorli yoshlari tufayli misli ko‘rilmagan innovatsion imkoniyatlarga ega, shuning uchun e-sporti uning yorqin qirralarida biriga aylansin”.

beeline_30_09_2014_6

beeline_30_09_2014_7

ESWC Jahon kubogining final o‘yinlari 2014 yilning 29 oktyabridan 2 noyabrigacha bo‘lib o‘tadi. Tafsilotlar http://www.eswc.com saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq