“Beeline” ICTExpo 2014 ko‘rgazmasining yakunlari bo‘yicha “Eng yaxshi stend dizayni uchun” mukofotiga ega bo‘ldi
29.09.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” ICTExpo 2014 An’anaviy milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi yakunlari haqida xabar beradi. AKT sohasidagi eng yirik hodisa yakunlari bo‘yicha kompaniya tashkilotchilardan “Eng yaxshi stend dizayni” nufuzli nominatsiyada mukofotni qo‘lga kiritdi va bu operatorning muhim omillaridan bo‘lmish yetakchilik, ishonchlilik va innovatsiyalarni to‘liq aks ettirdi.

beeline_29_09_2014

“Bu yildagi stendimizing asosiy mohiyati ko‘rgazma jarayoniga bo‘lgan prinsipial yangi yondashuvni namoyish etadi, – deydi “Unitel” MChJ Bosh direktori Aleksandr Vorobyov. – “Beeline” ekspozitsiyasining markazida uning texnologikligiga qaramay o‘zining noyob ehtiyoj va istaklari bilan mijoz muhim o‘rinni egallaydi. Hamkorlarimiz bilan birgalikda telekom-xizmatlarning to‘liq spektrini taqdim etgan holda, zamonaviy uskunalarning keng tanlovini taqdim etamiz. Tanlov esa abonentning o‘ziga bog‘liq, va bularning barchasini ICTExpo‘dagi kompaniya stendining faoliyati namoyish etdi”.

beeline_29_09_2014_1

“Beeline” ICTExpo‘dagi ulkan 4G-stendidan tashqari ikki yil mobaynida taqdim etib kelinayotgan Zo‘r-Zo‘r rusumida bezatilgan “Ko‘rgazma Savdo Markazi” ko‘rgazmalar majmuasining bosh sahnasi bilan to‘ldirildi. Aynan o‘sha yerda “Zo‘r-Zo‘r UCG 2014” kompyuter o‘yinlari bo‘yicha milliy birinchilikning hal qiluvchi musobaqalari o‘tkazildi. Uning natijalari bo‘yicha Parijda o‘tkaziladigan EWCG 2014 Jahon kubogida O‘zbekiston vakili aniqlandi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq