«Мобильные ТелеСистемы» OAJ Rossiya-O‘zbekiston telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Universal Mobile Systems» MChJ qo‘shma korxonasi ishtirokchilari tarkibiga kirdi
25.09.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

«Мобильные ТелеСистемы» OAJ Rossiya-O‘zbekiston telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Universal Mobile Systems» MChJ qo‘shma korxonasi (Bundan keyin Operator) ishtirokchilari tarkibiga kirdi.

«Мобильные ТелеСистемы» OAJ Operator ustav kapitalining 50,01 % miqdoridagi ulushiga ega bo‘ldi. Ustav kapitalining qolgan 49,99 % miqdoridagi ulushi O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tizimidagi “Radioaloqa, radiouzatish va televideniye markazi” DUK ga tegishli bo‘ldi.

Ayni paytda Operatorga amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli litsenziyalar, zarur bo‘lgan chastota diapazoni, raqamlar sig‘imi hamda faoliyat ko‘rsatishi uchun boshqa kerakli ruxsatnomalar berilgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq