ESWC 2014 Jahon kubogi saralash bosqichining finali 26 sentyabr kuni ICTExpo 2014 bosh sahnasida bo‘lib o‘tadi
25.09.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

26 sentyabr kuni An’anaviy milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi ICTExpo 2014 bosh sahnasida e-sporti bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 O‘zbekiston Chempionati milliy finalining FIFA14 futbol simulyatori bo‘yicha o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Bir vaqtning o‘zida u ESWC UZBEKISTAN 2014 Jahon kubogining saralash bosqichi hisoblanadi.

FIFA14 o‘yini bo‘yicha Milliy finalda hududiy bosqichlar g‘oliblari – 8 virtual futbolchilar ishtirok etishadi:

  • Nasulloyev Boburshox (Buxoro hududiy saralash turniri g‘olibi)
  • Abdurahmonov Dilshod (Samarqand hududiy saralash turniri g‘olibi)
  • Rustamov Abror (Farg‘ona hududiy saralash turniri g‘olibi)
  • Abdusapi Qayumov (“Alyans Arena” ligasi superfinalining g‘olibi)
  • Kamolov Sirojiddin (“Alyans Arena” ligasi superfinalining kumush medal sovrindori)
  • Ismoilov Olim (Toshkent hududiy saralash turnirining g‘olibi)
  • Saprikin Pavel (Toshkent hududiy saralash turnirining kumush medal sovrindori)
  • Ibragimov O‘ktam (Toshkent hududiy saralash turnirining bronza medal sovrindori)

FIFA14 o‘yini bo‘yicha Milliy final g‘olibi 29 oktyabrdan 2 noyabrga qadar Parij o‘yin haftaligi doirasida Fransiyada bo‘lib o‘tadigan ESWC Jahon Kubogining finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq