“Instagram”dagi #4GBeelineuzb xeshtegli fotosurat va selfilar ICTExpo 2014‘da sovrinlarni yutib olishlari mumkin
24.09.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” ICTExpo 2014 An’anaviy milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasiga tashrif buyurganlar orasida ommabop “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida tanlov o‘tkazmoqda.

beeline_24_09_2014

Tanlov qoidalari juda oson: ekspozitsiya mehmoni “Beeline” stendi fonida noyob fotosuratga tushib, uni o‘zining Instagram‘dagi ochiq profiliga #4GBeelineuzb xeshtegi bilan yuklashi kifoya. 26 sentyabrning 09:00gacha eng ko‘p “Like” bahosini to‘plagan muallifning surati tanlovning g‘olibi deb tan olinadi va asosiy sovrin – o‘z fotoasarlari uchun xard-diskni qo‘lga kiritadi. “Like” baholarining soni bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan fotosuratlar egalariga rag‘batlantiruvchi sovrinlar topshiriladi.

“Fotokonkursning avzalligi – uning osonligi va ochiq-oydinligida, – deydi “Unitel”ning matbuot kotibi Rezida Erdman. – Deyarli har kim “Instagram”dagi o‘z profilini ishga solishi, yoki yangi profil ochib o‘z kreativ iste’dodini namoyish qilishi mumkin. Biz esa o‘z navbatida selfi va do‘stlarning fotosuratlari yanada yorqin bo‘lishi uchun stendimizda mavjud bo‘lgan rekvizitni taqdim etishga tayyormiz”.

Eslatib o‘tamiz, ICTExpo 2014 ko‘rgazmasi 24 sentyabrdan 26 sentyabrga qadar “Ko‘rgazma Savdo Markazi” ko‘rgazmalar majmuasining birinchi pavilonida bo‘lib o‘tadi. “Beeline” stendi 4 sentyabr kuni operator tomonidan tijorat foydalanuvi uchun ishga tushirilgan 4G LTE innovatsion texnologiyasining imkoniyatlariga bag‘ishlangan.

Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda elektron chiptani qo‘lga kiritish mumkin: http://www.ictexpo.uz/register_user.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq