ICTExpo ko‘rgazmasiga tashrif buyurganlar “Beeline”ning Facebook-uyushmasiga o‘z fotosuratlarini 4G yordamida yuklashlari mumkin
24.09.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Facebook‘da An’anaviy milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi ICTExpo 2014 ishtirokchilari uchun fotoaksiya o‘tkazmoqda.

beeline_24_09_2014_1

“Beeline” stendining har bir tashrif buyuruvchisi 3G va 4G tezligini solishtirib ko‘rishi mumkin. O‘z mobil moslamasiga ekspozitsiya suratini tushirib, mehmon uni o‘zining Facebook profiliga yuklaydi. Bir vaqt ichida “Beeline” vakili mehmonni suratga tushiradi va fotosuratni LTE texnologiyasi yordamida operatorning Facebook‘dagi korporativ sahifasiga yuklaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Beeline Uzbekistan” sahifasi 2012 yildan buyon Markaziy Osiyoning eng yirik Facebook-uyushmasi hisoblanadi: bugungi kunda uning foydalanuvchilarining soni 140 000 kishidan ortiq.

ICTExpo 2014 ko‘rgazmasi 24 sentyabrdan 26 sentyabrga qadar “Ko‘rgazma Savdo Markazi” ko‘rgazmalar majmuasining birinchi pavilonida bo‘lib o‘tmoqda. Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda elektron chiptani qo‘lga kiritish mumkin: http://www.ictexpo.uz/register_user.

Tafsilotlar www.fb.com/beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq