“Beeline” ICTExpo 2014 asosiy 4G-stendiga tashrif buyurishga taklif etadi
24.09.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” 24 sentyabrdan 26 sentyabrga qadar “Ko‘rgazma Savdo Markazi” ko‘rgazmalar majmuasining 1-Pavilonida bo‘lib o‘tadigan “ICTExpo 2014” An’anaviy milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasiga taklif qiladi.
“Bu yili bizning innovatsion stendimizning asosiy mavzusi LTE texnologiyasi bo‘ladi, – deydi “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov. – Uch kun mobaynida ICTExpo‘ning asosiy ekspozitsiyasiga o‘n minglab odam tashrif buyuradi, va ularning har birida mobil Internetni 4G tezligida sinab ko‘rish imkoni bo‘ladi. Ularning barchasi “Beeline”ning ishonchliligi va xizmatlarning sifatini baholashlariga ishonaman”.
Eslatib o‘tamiz, 4 sentyabr kuni “Beeline” mamlakat operatorlari orasida birinchi bo‘lib LTE (Long Term Evolution) protokoli bo‘yicha ishlaydigan 4G mobil tarmog‘ini tijorat foydalanuvi uchun ishga tushirgani haqida e’lon qildi. Bugungi kunda 4G tarmog‘i Toshkentning markaziy tumanlarini qamrab olgan, “Beeline”ning kelgusi yildagi rejalarida esa – LTE tarmog‘ini kengaytirish.
Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda elektron chiptani qo‘lga kiritish mumkin: http://www.ictexpo.uz/register_user.
Manba: kompaniya press-relizi