E-sporti bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 O‘zbekiston Chempionatining “DotA AllStars” guruh o‘yinining g‘oliblari aniqlandi
23.09.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_20_09_2014

20 sentyabr kuni poytaxtning “Lis.Net” klubida E-sporti bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 O‘zbekiston Chempionatining “DotA AllStars” guruh o‘yinining milliy finali bo‘lib o‘tdi. Hududiy saralash turnirlari g‘oliblari ichidan sakkizta guruh musobaqalarda medallar uchun kurashdilar.

Milliy final natijalariga ko‘ra quyidagilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:

ucg_20_09_2014_1

1 o‘rin — VVV guruhi (Naximbekov Bobur, Olimov Sardor, Mirzababayev Rustam, Qodirov Temur, Fayziyev Kayrat)

ucg_20_09_2014_2

2 o‘rin — Iccup guruhi (Komilov Shoxrux, Bayramov Vugar, Qo‘chqorov Temur, Sagatxodjayev Shoxjahon, Baltaxodjayev Sherali)

ucg_20_09_2014_3

3 o‘rin — GGFly guruhi (Alijanov Doniyor, Ibragimov Bobur, Beknazarov Timur, Shamsiddinov Abduvali, Xudoyberdiyev Amal).

ucg_20_09_2014_4

Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 chempionatining g‘oliblarini taqdirlash marosimi 2014 yilning 27 sentyabr kuni “Zarafshon” kinokonsert zalida bo‘lib o‘tadi. Turnirning g‘oliblari va sovrindorlari chempionat medallari va sovrinlarni qo‘lga kiritadilar. Marosim mehmonlari — o‘zbek estradasi yulduzlari Rayhon, Lola va DJ Piligrim.

ucg_20_09_2014_5

Eslatib o‘tamiz, bu yili “DotA AllStars” o‘yini bo‘yicha hududiy saralash turnirlarida butun O‘zbekiston bo‘ylab 120dan ortiq guruhlar ishtirok etishdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq