“Beeline”ning Bosh direktori abonentlar bilan muloqotni davom ettirmoqda
23.09.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” bosh direktorning mijozlar bilan bevosita aloqa qilishi uchun yaratilgan shaxsiy pochta qutisining besh oylik yakunlarini sarhisob qilmoqda. Maktublar har kuni kelmoqda, shu vaqt mobaynida GD@beeline.uz manziliga murojaat etgan yuzlab abonentlar kompaniyaning rahbaridan javoblarni oldilar.

bbeeline_30_07_2014

“Mazkur loyiha men uchun yanada qiziqarli: mening pochta qutimga kelib tushayotgan maktublar bir hil emas, mijozlar bilan qurilgan suhbat esa ijobiy hissiyotlarni tug‘dirmoqda, – deydi MChJ “Unitel”ning bosh direktori Aleksandr Vorobyov. – So‘ngi ikki oy mobaynida pochtada xizmatni yaxshilash va faoliyatimizni takomillashtirish bo‘yicha ko‘p aniq takliflarni ko‘rmoqdaman, va ularni bazilariga ishlov berilmoqda, chunki ular haqiqatdan ham yaxshi g‘oyalar. Men “Beeline”ning mijozlariga kompaniyaga bildirilgan iliq so‘zlar va kotstruktiv tanqidliklar uchun minnatdorchilik bildiraman. Muloqot etishda davom etamiz!”

Eslatib o‘tamiz, GD@beeline.uz elektron manzili doimiy ravishda amal qiladi, kompaniya yozuvlarning maxfiyligini kafolatlaydi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq