“Beeline” ijtimoiy tarmoqlarda “Zo‘r-Zo‘r UCG 2014” g‘oliblarini taqdirlash marosimiga taklifnomalar o‘yinini o‘tkazmoqda
23.09.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari, Mobil aloqa.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” e-sporti bo‘yicha “Zo‘r-Zo‘r UCG 2014” O‘zbekiston Chempionati g‘oliblarini taqdirlash marosimiga taklifnomalar o‘yinini o‘tkazmoqda. 23 sentyabrdan 25 sentyabrga qadar “Facebook” va “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmoqlaridagi “Beeline O‘zbekiston”ning rasmiy sahifalarida butun mamlakat bo‘ylab avgust-sentyabr oylarida bo‘lib o‘tgan kompyuter o‘yinlari bo‘yicha milliy birinchilikning yakuniy marosimiga ikki kishilik taklifnomalar o‘yini o‘tkaziladi.

beeline_23_09_2014

Har kuni soat 11:00da “Beeline O‘zbekiston”ning ikki maydonchasida foydalanuvchilarga respublikadagi kibersport yo‘nalishiga oid savollar beriladi. Birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yozgan ilk 10 ishtirokchi “Zo‘r-Zo‘r UCG 2014” taqdirlash marosimiga 2 kishilik taklifnomani qo‘lga kiritadi. Eslatib o‘tamiz, marosim 27 sentyabr kuni soat 17:00da poytaxtning “Zarafshon” kinikonsetr zalida bo‘lib o‘tadi. Marosim mehmonlari: Rayhon, Lola va DJ Piligrim.

Tafsilotlar www.ok.ru/beeline.uz va www.fb.com/beeline.uz saytlarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq