Milliy UZ domeni 2014 Internet-festivali yakuniy natijalari e’lon qilindi
22.09.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

22-sentabr kuni Yoshlar ijod saroyida Milliy UZ domeni 2014 Internet-festivali g‘oliblari va laureatlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Festival tashkilotchilari: UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi va infoCOM.UZ jurnalidir.

Festivalni rasmiy qo‘llab-quvvatlovchi: O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasidir.

Qisqacha tarixga va statistika gа murojaat etsak. Ikkinchi darajali milliy «UZ» domeni 1995-yil 29-aprel kuni tashkil etilgan. 2014-yil 21-sentabr holatiga ko‘ra, UZ zonasida faqatgina faol ikkinchi darajali domenlar soni 18400dan ortiqni tashkil etdi. UZ domeniga taalluqli yana bir necha ming uchinchi darajali domenlar ham mavjud.

Festivalning asosiy maqsad va vazifalari o‘tgan yillardagi kabi O‘zbekiston aholisi o‘rtasida Internet tarmog‘ini ommaviylashtirish, internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirishda yordam ko‘rsatish, Internet tarmog‘ida o‘zbek tili qo‘llanilishi doirasini kengaytirishdan iborat. Tanlov ishtirokchilari saytlarini baholash uchun internet-texnologiyalari, san’at, madaniyat, davlat boshqaruvi va boshqa sohalarning yetakchi mutaxassislaridan hakamlar hay’ati tashkil etildi.

Bu yilgi festival tanlov dasturi 10ta mavzuli va 2ta maxsus nominatsiyani o‘z ichiga oldi. Har bir nominatsiyada birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar berilib, diplom va festival sovrinlari taqdim etildi. Shuningdek, tanlov dasturiga internet festivalida 10ta mavzuli nominatsiyada ishtirok etayotgan har bir saytga WWW.UZ milliy izlash tizimining maxsus ajratilgan sovrinlari kiritildi. Belgilangan muddatda Internet-festivalning ishtirokchilari orasida har bir mavzuli nominatsiya bo‘yicha eng ko‘p xost to‘plagan 12ta sayt g‘olib bo‘ldi.

Bu yil festival doirasida O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun mobil ilovalar ishlab chiqqaruvchi uchta kompaniyaga rag‘batlantiruvchi diplomlar topshirildi. Bundan tashqari, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘zbekistonlik faol hamjamiyatlar sahifalari ham rag‘batlantiruvchi diplom olishga muyassar bo‘ldi.

Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i ma’muriyati festival tashkilotchilari bilan hamkorlikda Muloqot.uz tarmog‘ining eng faol uch nafar foydalanuvchilarini «Eng faol “Muloqot”chi» («Самый активный Мулокотовец») va «eski» qadrdonlarini maxsus sovrinlari bilan taqdirladi.

Bu yilgi festivalga jami 800ta ariza kedib tushgan bo‘lib, 449ta sayt tanlov dasturi ishtirokchisiga aylandi. Tashkilotchilar «Davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati sohasidagi eng yaxshi sayt» nominatsiyasi saytlarining sifati yanada oshganligini ta’kidladilar. Hakamlar hay’ati ovoz berishning birinchi turi yakunlariga muvofiq, 96ta sayt finalga chiqqanini aniqladi va ularga «Festival laureati» diplomi topshirildi. Festivalning mavzuli va maxsus nominatsiyalarida g‘olib bo‘lgan 75 foizga yaqin saytlar o‘zbek tilidagi faol versiyasiga ega.

Festival g‘oliblari ro‘yxati www.if.uz saytida berilgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq