Ucell An’anaviy ICTExpo-2014 Milliy Axborot Texnologiyalari ko‘rgazmasida ishtirok etadi!
21.09.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

2014 yilning 24-26 sentyabr kunlari “O‘zko‘rgazmasavdo” majmuasida bo‘lib o‘tuvchi an’anaviy ICTExpo-2014 Milliy Axborot Texnologiyalari ko‘rgazmasida ishtiroki doirasida Ucell o‘z abonentlarini yangi va bir-biridan qiziq takliflar bilan xursand etishni rejalashtirgan.

Joriy yil ushbu ko‘rgazma InfoCom-2014 AKT haftaligi doirasida bir vaqtning o‘zida Toshkent, Urganch va Guliston shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Bir necha yillar davomida Ucell Kompaniyasi ko‘rgazmadagi ishtiroki doirasida – “Eng ko‘p tashrif buyurilgan stend” deb tan olingan. Odatdagidek, Ucell savdo belgisining ko‘rgazmadan joy olgan stendida ko’plab qiziqarli voqealar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar texnik yangiliklar bilan tanishib, Kompaniya taklif etayotgan yangiliklardan boxabar bo‘lishlari va viktorina, tanlovlarda esdalik sovg‘alarni yutib olishlari mumkin. Sizni Ucellning ICTExpo-2014 dagi stendi oldida kutib qolamiz!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq