«O‘zbektelekom» AK — AKT Haftaligining bosh va texnik homiysi!
19.09.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi AKT sammitlarida ma‘ruzalar bilan ishtirok etish hamda ICTExpo ko‘rgazmalarida barcha xizmat turlarining namoyishi bilan AKT Haftaligi tadbirlarida doim faol ishtirok etib keladi. Mana qatorasiga ikki yildan buyon «INFOCOM 2014» Haftaligining ham bosh va ham texnik homiysi hisoblanadi.

Shuningdek, Kompaniya ICTExpo2014 ko‘rgazmasida ham faol ishtirok etadi. Bu yil katta korporativ stendlar namoyish etiladi, unda kompaniyaning barcha xizmatlari taqdim etiladi. Bundan tashqari, qo‘shma korxonalarning alohida stendlari namoyish etilib, ularda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yuqoritexnologik telekommunikasiya uskunalari taqdim etiladi. Kompaniya stendlari, shuningdek, Urganch va Guliston shaharlarida ham ICTExpo 2014 ko‘rgazmasida namoyish etiladi.

O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi o‘z tarmog‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarini qamrab olgan yirik telekommunikasiyalar operatori hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan o‘zining telekommunikasiya tarmog‘idan foydalanib, Kompaniya quyidagi xizmatlarni taqdim etadi: qayd yetilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish, xalqaro va shaharlararo aloqa, ovozli aloqa va ma‘lumotlar uzatish barcha xizmat turlarini taqdim etadi, Internetga ulanish, videokonferensaloqa, CDMA-450 standartida mobil va stasionar aloqalar, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi.

UZTELECOM™ savdo belgisi «O‘zbektelekom» AKning Bosh brendi hisoblanadi. Bozorda kompaniyaning xizmatlari uchta — UZTELECOM™, UZMOBILE™ va UZONLINE™ subbrendlari (savdo belgilari) ostida taqdim etiladi.

UZTELECOM™ bosh brendi va «Milliy operator» slogani ostida chakana savdo sektori uchun an‘anaviy xizmatlar to‘plamini hamda operatorlar uchun ichki va xalqaro bozorlarda xizmatlarning barcha turlarini taqdim etadi.

UZTELECOM™ korporativ sektor uchun telekommunikasiya xizmatlari to‘plamini ham o‘z ichiga oladi: qayd yetilgan telefoniya, simli va simsiz KPU (keng polosali ulanish), MU (ma‘lumotlar uzatish), VXT (virtual xususiy tarmoqlar), IP telefoniya, IPTV, virtual ofis ATS, VKA (videokonferensaloqasi), Mobil aloqa, mobil MU.

UZONLINE™ savdo belgisi ostida chakana savdo sektori va kichik biznes uchun yangi avlod telekommunikasiya xizmatlari ko‘rsatiladi: IP texnologiyalariga asoslangan xizmatlar — Internet tarmog‘iga ulanish, IP telefoniya, IPTV, IP-telefoniya to‘lovlari va internet- xizmatlariga haq to‘lash universal kartochkalari va boshqalar.

UZMOBILE™ savdo belgisi ostida CDMA-450 standarti asosida mobil va statsionar aloqa xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

2012-yildan buyon «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi TELECOMTV savdo belgisi ostida IPTV- interaktiv televideniya xizmatlarini ko‘rsatadi.

25-sentabr kuni Toshkent shahrida ICTExpo 2014 ko‘rgazmasi bosh sahnasida axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan ta‘lim muassasalarining talabalari jamoalari o‘rtasida musobaqalar — «ICT-STUDENT» Kompyuter sporti bo‘yicha Universiada» aksiyasi o‘tkaziladi.

OTM (oliy ta‘lim muassasalari) va kasb hunar kollejlaridan jamoalar ishtirok etadigan musobaqalar quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:
— Belgilangan vaqt mobaynida kompyuterni yig‘ish — individual va jamoa hisobida;
— Belgilangan vaqt mobaynida xavfsiz lokal tarmoq yaratish (Internetga ulanish bilan) – jamoa hisobida;
— Berilgan mavzuda mavzuli Internet sahifasini yaratish — jamoa hisobida.

«ICT-STUDENT» Kompyuter sporti bo‘yicha Universiada» g‘oliblari «O‘zbektelekom» kompaniyasidan sovrinlar olishga muyassar bo‘ladilar.

Barchani Toshkent, Urganch va Guliston shaharlarida tashkil etiladigan ICT Expo 2014 ko‘rgazmalarida «O‘zbektelekom» AK ishlab chiqarish korxonalari ishtirokidagi kompaniya stendlariga tashrif buyurishga taklif etamiz.

Ko‘rgazmaning birinchi kuni kompaniya stendlarida mutaxassislar va korporativ mijozlar «Biznesni rivojlantirish markazi», Uzmobile filiallari, shuningdek, barcha mintaqaviy va ixtisoslashgan filiallar hamda kompaniya korxonalari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarimiz bilan tanishishlari mumkin. Ko‘rgazmaning qolgan kunlarida tashrif buyuruvchilar mamlakatimiz aholisi uchun taqdim etiladigan barcha xizmat turlari bilan tanishishlari mumkin. Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi (CHXKYAM) xizmatlari alohida taqdim etiladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq