E-sporti bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 O‘zbekiston Chempionatining DotA AllStars o‘yini bo‘yicha finali 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi
19.09.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_04_09_2014

20 sentyabr kuni poytaxtning “Lis.Net” klubida “DotA AllStars” guruh o‘yini bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 e-sporti bo‘yicha milliy final bo‘lib o‘tadi. Butun O‘zbekiston bo‘ylab 120 dan ortiq guruh finalda ishtirok etish huquqi uchun kurashdilar. Ularning safidan chempionat medali uchun o‘ynaydigan 8 guruh tanlab olindi.

Finalchilar:
1. Buxoro hududiy saralash bosqichining g‘olibi “Allstars” guruhi: Atoyev Amir, Salomov Bobur, Jalolov Mirali, Xidoyatov Gaforjon, Elov Sherzod.
2. Samarqand hududiy saralash bosqichining g‘olibi “Lux” (N.K.S.) guruhi: Rustamov Jafar, Shoraxmedov Shoolim, Botirov Bekzod, Axmedov Abduvali va Qosimov Rustam.
3. Farg‘ona hududiy saralash bosqichining g‘olibi “ GGFly” guruhi: Komilov Shaxboz, Xudayberdiyev Amal, Ibragimov Bobur va Alijonov Doniyor.

Toshkent hududiy saralash turniri g‘oliblari:
4. “VVV” guruhi: Olimov Sardor, Fayziyev Kayrat, Mirzababayev Rustam, Qodirov Timur, Naximbekov Bobur.
5. “Lis.Net” guruhi: Kim Rodion, Saidmaxsumov Islom, Shin Kirill, Azimbekov Otabek, Radjabov Temur.
6. “Iccup” guruhi: Komilov Shoxrux, Mavlyanov Shaxzod, Qo‘chqorov Temur, Xvan Vladislav, Boltaxodjayev Sherali.
7. “TNT” guruhi: Karimov Farhod, Odilov Otabek, Yusufjonov Kamolxon, Raxmonjonov Muhammadyusuf.
8. “CC” guruhi: Xaydarov Sherzod, Xaydarov Behzod, Mametov Alisher, Li Sergey, Kim Vadim

Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 chempionati g‘oliblarini taqdirlash marosimi 27 sentyabr kuni “Zarafshon” kinokonsert zalida bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar va sovrindorlar medallar va “Beeline” kompaniyasidan sovrinlarni qo‘lga kiritadilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq