Yekaterina Agandjanova – “Beeline”ning xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha yangi direktori
18.09.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Yekaterina Agandjanovani “Unitel” MChJ xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha yangi direktori etib tayinlanganligini xabar qiladi. U O‘zbekistonda ish faoliyatini yakunlagan Yuliya Brusovaning o‘rnini egalladi.

beeline_18_09_2014

“Muvaffaqiyatga yondoshgan ahil professional komanda – kompaniyamizning eng qadrli omilidir, – voqeani sharhlaydi “Unitel” MChJ bosh direktori Aleksandr Vorobyov. – “Beeline” jadal rivojlanayotgan va 4G texnologiyasi keng joriy qilinayotgan bir paytda xodimlarni to‘g‘ri rag‘batlantirish va saralab olish ishlari juda muhim, chunki xizmatlarimiz sifati aynan ularga bog‘liq. Ishonaman, Yekaterinaning HR sohasidagi ulkan tajribasi ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni umuman yangi darajaga ko‘tarilishiga ko‘mak beradi”.

““Beeline”ning HR-yo‘nalishiga – sohaning o‘zgaruvchan va innovatsion yetakchisiga boshchilik qilish – jiddiy mas’uliyat, va men eng yaxshi natijalarga erishish uchun bor kuch va imkoniyatlarimni sarflagan holda ishlamoqchiman, – deydi Yekaterina Agandjanova. – Albatta, ishonchli ish beruvchi maqomini mustahkamlash, kelajakda esa – dunyo miqyosidagi HR-brendni qurish uchun kompaniyaning ulkan imkoniyatlari mavjud. “Unitel” va “Buzton”ning O‘zbekistondagi yillar davomidagi faoliyatida barpo etilgan komanda buni uddalay olishiga ishonaman”.

Yekaterina Agandjanova 1981 yili Toshkent shahrida tavallud topgan. 2002 yilda “Xalqaro biznes” mutahassisligi bo‘yicha Toshkent Davlat iqtisod universitetini a’lo baholar bilan tamomlagan, 2004 yili esa ushbu yo‘nalish bo‘yicha iqtisod magistri darajasini olgan.

Malakani oshirish va kasbiy rivojlanish doirasida Yekaterina kommunikatsiya, kompensatsiya va imtiyozlar, xodimlarni rivojlantirish, boshqaruv va yetakchilik bo‘yicha ko‘plab profil treninglarni o‘tib, qator kurslarni tinglagan.

HR sohasida o‘z karyaerasini Yekaterina 2003 yili konsalting va audit xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Deloitte & Touche” kompaniyasida boshlagan. Xodimlarni tanlash, kompensatsiya va imtiyozlar, ma’muriylashtirish, byudjetlashtirish, shuningdek xodimlarni baholash va rotatsiya qilish, korporativ tadbirlar va ish beruvchi brendini qo‘llab quvvatlash kabi yirik loyihalar uning mas’uliyatiga kirgan. 2011 yilda Yekaterina “Kelajak Ilmi” Xalqaro biznes-maktabiga inson resurslari bo‘yicha yetakchi biznes-trener sifatida qo‘shildi. So‘ngi yillar mobaynida u ichki audit jarayonlari va sifat menedjmenti standartlarini joriy qilishda faol ishtirok etgan holda “Carlsberg Uzbekistan” xodimlar va ma’muriyat bo‘yicha direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Bo‘sh vaqtlarida oilasi bilan sayohat qilishni yoqtiradi. Oilali, ikki o‘g‘il farzandi bor.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq