Oraz Abdurazakov “Buzton” QK bosh direktori lavozimini egalladi
16.09.2014
Rukn: Internet, Mobil aloqa.
Muallif: .

beeline_16_09_2014

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Oraz Abdurazakov “Buzton” QK MChJ bosh direktori etib tayinlanganligini e’lon qiladi.

Tayinlovni sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Bosh direktori Aleksandr Vorobyov quyidagilarni belgiladi: “So‘ngi besh yil mobaynida Oraz axborot maydonida kompaniyaning yetakchiligini ta’minlagan holda va ishga bo‘lgan kreativ yondashuvni namoyish qilgan holda korporativ kommunikatsiyalar sohasida sifatli o‘sishni amalga oshirdi. Bugun “Buzton” oldida qattiq raqobat sharoitida nostandart yechimlarni talab qiladigan ko‘p oddiy bo‘lmagan masalalar turibdi. Ishonaman, yangi rahbar bilan simli Internet va simli aloqa uchun mas’ul guruh belgilangan maqsadlarga erishish yo‘lida oldinga jadal qadam tashlay oladi”.

Oraz Abdurazakov “Buzton” QK boshchilik qilgan holda, jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari lavozimini ham saqlab qoladi.

““Buzton” – deyarli yigirma yillik tarixi va ajoyib jamoali O‘zbekistonning birinchi provayderlaridan biri, shunday ekan bu tayinlov – nafaqat jiddiy kasbiy da’vat, balki men uchun katta sharafdir, – deydi Oraz Abdurazakov. – Birinchi raqamli telefon tarmog‘i, birinchi shahar FTTB tarmoqlari, uyali operator bilan integratsiya loyihasi – mana shu ilg‘or tajriba va so‘ngi yillar mobaynida to‘plangan imkoniyatlarni korporativ va ommaviy bozorda kompaniyani rivojlantirishning aniq strategiyasiga aylantirish mumkin va lozim. Mijozlar bizdan yangi takliflar va keng polosali segmentda innovatsion yechimlarni kutmoqdalar, va biz ularning ishonchini oqlashimiz zarur”.

Oraz Abdurazakov 1981 yili Toshkent shahrida tavallud topgan. 2001 yili Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini “Reklama va jamoatchilik bilan aloqalar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2005 yilda “Bosma OAV auditoriyasi monitoringi” mavzusidagi dissertatsiyani yoqlab O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika magistri darajasini olgan, 2014 yilda esa “London School of Public Relations” a’lo darajali diplomini qo‘lga kiritdi.

2001 yildan 2002 yilgacha korxonaning ichki va tashqi kommunikatsiyalariga javob berib “Algoritm” OAJ bosh direktorining yordamchisi bo‘lib ishlagan. Samsung Electronics, Fujitsu-Siemens va Roison Electronics bilan axborot hamkorlikni nazorat qilgan.

2002 yilda Oraz “Iqtisod va huquq Dunyosi nashriyot uyi” mediaxoldingiga qo‘shildi, u yerda “PressTIJ-TV” gazetasining muxbiridan bosh muharririgacha ko‘tarilgan. 2005 yilning avgust oyida “Iqtisod va huquq dunyosi” YoAJ NU direktor o‘rinbosari lavozimini egallagan. Uning mas’uliyatiga nashriyot faoliyatining ijodiy qismi, nashrdan avvalgi jarayonlarning nazorati va poligrafik ishlab chiqarish, shuningdek yangi bosma va onlayn-loyihalarni ishlash kirgan.

2008 yilda – “Meran Media” reklama agentligining bosh direktori. 2008 yilning 22 dekabrida Oraz Abdurazakov O‘zbekistondagi “Beeline”ning PR-yo‘nalishiga boshchilik qildi.

Bo‘sh vaqtlarida suzish va tennis bilan shug‘ullanadi. Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq