Beeline Business 4G tarmog‘iga ilk mijozlarni ulamoqda
16.09.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) to‘rtinchi avlod tarmog‘iga ilk ulangan korporativ mijozlar haqida xabar beradi.

beeline_16_09_2014_1

“Ayni paytda, ushbu innovatsion standart joriy qilinishining dastlabki bosqichida, 4G bo‘yicha takliflarimiz avvalam bor, biznes-mijozlarimizga qaratilgan, – deydi “Unitel”ning korporativ sotuvlarini rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Fisenko. – Kompaniyada hozir amal qilayotgan tarif siyosati ham shu bilan bog‘liq. Biroq, avval matbuot-anjumanida aytib o‘tilgani kabi, biz LTE yirik kengayishi arafasida turibmiz: keyingi yil 4G tarmog‘i butun poytaxt va Samarqandni qamrab oladi. Albatta, texnologiyaning ommaviylashgani sari xizmat narxlari sezilarli darajada pasayadi”.

LTE texnologiyasi uyali aloqa tarmoqlari rivojlanishining asosiy yo‘nalishi. Bugungi kunda 4G respublika poytaxtida keng polosali mobil xizmatlar tezligini maksimal 70 Mbit/s tezlikda ta’minlamoqda.

Voqeani sharhlar ekan, “Orient Centre Group” XT direktori Timur Nasirbekov shunday dedi: “Aynan bizning kompaniya birinchi bo‘lib O‘zbekistondagi 4G-tarmog‘ining abonenti bo‘lganidan faxrlanaman. “Beeline” doimo ishdagi ishonchli hamkor bo‘lgan va bo‘lib qoladi uning xizmat va servisiga suyanish mumkin, LTE tarmog‘i esa uning iqtisoddagi innovatsion sektori yetakchisi maqomini mustahkamladi. Holbuki, 4G – biznesning ko‘pgina vakillari uchun kerakli, va bu texnologiya yaqinda millionlab abonentlarga xizmat ko‘rsatishiga juda ishonaman”.

Mamlakat operatorlari ichidan birinchi bo‘lib “Beeline” LTE (Long Term Evolution) protokoli bo‘yicha ishlaydigan 4G mobil tarmog‘ini tijorat foydalanuvi ichun ishga tushirgani haqida xabar berdi. Bugun 4G tarmog‘i Toshkentning markaziy tumanlarini qoplagan, “Beeline”ning kelgusi yildagi rejalarida esa – LTE qoplamini Toshkent va Samarqandda, keyinchalik esa butun O‘zbekiston bo‘yicha kengaytirish.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq