E-sporti bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 O‘zbekiston Chempionatining barcha finalchilari nomlari aniqlandi
15.09.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: Jurnal tahririyati.
13-14 sentyabr kunlari poytaxtning “Lisnet” klubida Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 e-sporti bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatining yakuniy saralash turniri bo‘lib o‘tdi. Unda “DotA AllStars” o‘yini bo‘yicha 60 guruh, “FIFA14” o‘yini bo‘yicha esa 100dan ortiq geymerlar ishtirok etishdi.
“DotA AllStars” o‘yini bo‘yicha milliy finaliga 5 dona yo‘llanma o‘ynaldi.
I o‘rinni Sardor Olimov, Kayrat Fayziyev, Rustam Mirzababayev, Timur Qodirov va Bobur Naximbekovlar ishtirokidagi “VVV” guruhi egalladi.
II o‘rinni Rodion Kim, Islom Saidmaxsumov, Kirill Shin, Otabek Azimboyev va Temur Rajabovlar ishtirokidagi “Lis.Net” guruhi egalladi.
III o‘rinni “Iccup” guruhi egalladi: Shoxruh Komilov, Shahzod Mavlyanov, Timur Kuchkarov, Vladislav Xvan va Sherali Boltaxodjaev.
IV o‘rinni “TNT” guruhi egalladi: Farhod Karimov, Otabek Odilov, Kamolxon Yusufjonov, Muhammadyusuf Raxmonjonov.
V o‘rinni “CC” guruhi egalladi: Sherzod Haydarov, Behzod Haydarov, Alisher Mametov, Sergey Li, Vadim Kim.
FIFA 14 o‘yini bo‘yicha turnirda final turnir uchun uch yo‘llanma o‘ynaldi. Buning natijasida I o‘rinni Olim Ismoilov egalladi, II o‘rin Pavel Saprikinga nasib etdi, bronza medali uchun o‘yinda esa O‘ktam Ibragimov g‘olib bo‘ldi.
Toshkentdagi barcha g‘olib va turnir sovrindorlariga “Beeline” kompaniyasidan sovrinlar taqdim etildi.
“DotA AllStars” o‘yini bo‘yicha milliy final 20 sentyabr kuni “Lisnet” klubida bo‘lib o‘tadi, 26 sentyabr kuni esa ICTExpo2014 ko‘rgazmasining Bosh sahnasida FIFA 14 o‘yini bo‘yicha milliy final bo‘lib o‘tadi. Unda hududiy saralash bosqichlari g‘oliblari Boburshox Nasulloyev (Buxoro), Dilshod Abdurahmonov (Samarqand), Abror Rustamov (Farg‘ona), Abdusapi Qayumov va Sirojiddin Kamolov (Dream — Pro A professional ligasi g‘oliblari), Olim Ismoilov, Pavel Saprikin va O‘ktam Ibragimovlar (Toshkent) kurashadilar.
“DotA AllStars” o‘yini bo‘yicha finalda hududiy saralash bosqichining g‘olib guruhlari Allstars (Buxoro), Lux (Samarqand), GGFly (Farg‘ona), VVV, Lis.Net, Iccup, TNT и CC (Toshkent) ishtirok etishadi.