CLICKdan yangi yechim: endi DUET/VISA kartalari uchun ham!
15.09.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi DUET (offline) va VISA (so‘mlik) plastik kartalarning tizimga ulanish imkoniyati ishga tushirilishi haqida xabar qilmoqda.

Коmpaniya o‘z rivojida yangi pog‘onaga chiqishini mamnuniyat bilan e’lon qilayapti. Endi O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan banklar tomonidan chiqarilgan barcha turdagi plastik kartalarning egalariga CLICK tizimidan foydalanishga imkon ochilmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda 12,4 milliondan ortiq plastik kartalar aylanmaga chiqarilgan bo‘lib, shulardan 7 mln.dan ortig‘i DUET kartalaridir, VISA plastik kartalarning soni esa 700 mingdan ziyod.

“Bugun biz DUET oflayn kartalarni tizimga ulash imkoniyati ishga tushirdik va shu bilan bir vaqtda, yangi platformaga banklarni ulash ishlarini aktiv olib bormoqdamiz. VISA plastik kartalari bo‘yicha ham shunday imkoniyatni joriy qilish ishlari olib borilayapti. Joriy qilinayotgan yangi platforma DUET va VISA kartalarning egalariga tizimga ulanishga va uning keng ko‘lamli imkoniyatlaridan to‘la foydalanishga qaratilgan”, — deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining direktori Rustamov Ulug‘bek.

Ushbu turdagi kartalarning O‘zbekiston bozorida keng tarqalganligini hisobga olib aytishimiz mumkinki, yangi platforma millionlab plastik karta egalariga CLICK tizimiga ulanib, elektron tijorat bozorining aktiv ishtirokchilariga aylanishga va o‘zlariga kerak bo‘lgan kundalik to‘lovlarini istagan paytlarida, uydan chiqmasdan turib oshirishga yo‘l ochib bermoqda.

Охirgi yil davomida kompaniya o‘z foydalanuvchilarning sonini 100 martaga oshirdi: garchi o‘tgan yilning sentabr boshiga ularning soni 4000 atrofida bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytga kelib esa ularning soni 400 000ga yaqinlashib qoldi. Shunday jadal suratdagi o‘sishning asosiy sababi bu o‘tgan yili Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi bilan hamkorlikda tushirilgan va barcha UZCARD onlayn-karta egalariga uylaridan chiqmasdan va ishlaridan chalg‘imasdan turib xaridlar qilish va boshqa turli to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradigan UZCARD-CLICK xizmatining ishga tushirilishidir.

CLICK internet va mobil banking tizimdagi foydalanuvchilar sonining yuqori suratlarda o‘sishi va yangi platformaning ishga tushirilishi nafaqat zamonaviy texnologiyalarning fuqarolar har kunlik hayotiga aktiv kirib kelishini anglatadi, balki tizimda ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘z iste’molchini topganini va ularning bugungi hayotdagi yuqori talablariga to‘laligicha mos kelayotganiga yaqqol misol bo‘la oladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq