Yetakchilik, ishonchlilik, innovatsiyalar: “Beeline” O‘zbekistondagi 8 yillik faoliyatini nishonlamoqda
12.09.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton» QK) brendining O‘zbekistonda ishga tushirilganligining navbatdagi ayyomini nishonlaydi. Bugun, 8 yildan so‘ng, “Beeline” respublika telekommunikatsion tarmog‘ining yetakchisiga aylandi. Unitel MCHJ “VimpelCom” kompaniyalar guruhi tarkibiga kirganidan so‘ng faol abonentlar bazasi qariyb 25 marotaba o‘sib, mazkur yilning I choragi yakunlariga ko‘ra 10 434 000 kishidan oshdi.

“O‘zbekistonning jo‘shqin rivojlanib kelayotgan bozoridagi faoliyatimiz davomida bizning uskunalar va tarmoqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan sarmoyalarimiz miqdori milliard dollardan oshdi, – voqeani sharhlaydi “Unitel” MChJ bosh direktori Aleksandr Vorobyov. – Bugungi kunda “Beeline” o‘z abonentlariga barcha avloddagi standart va texnologiyalarni taklif qila oladigan yagona operatordir. Ammo biz erishilgan joyda turib qolmaymiz, va avvaldagi kabi bizning strategik birinchiligimiz taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘lib qolmoqda. Tarmoqni kengaytirish dasturi doirasda yil so‘ngiga qadar butun mamlakat bo‘ylab qo‘shimcha yuzlab yangi asosiy stansiyalar o‘rnatiladi”.

2008 yilda birinchi 3G-operator bo‘lib, “Beeline” ulkan innovatsion imkoniyatlarini saqlab qoldi, va uni kompaniyaning tug‘ilgan kuni arafasida namoyish qildi. 2014 yilning 4 sentyabr kuni u O‘zbekistonda birinchi bo‘lib 4G LTE tarmog‘ini tijorat qo‘llanuvi uchun ishga tushirdi.

Mijozlarga mo‘ljallangan kompaniya bo‘lib, “Beeline” turli maqsadli auditoriyalarning ehtiyojlarini qondirish uchun abonent bazasini segmentlashtirishga katta ahamiyat beradi. So‘ngi yillar mobaynida ikki yorqin brend shakllandi va mustahkamlandi: “Beeline Club” noyob bonusli dasturi bilan millionlab abonentlarni birlashtirgan Zo‘r-Zo‘r va STATUS.

So‘ngi yillar mobaynida minglab eng yirik korxonalar “Beeline Business” foydasiga o‘z tanlovlarini amalga oshirdilar. Bugun O‘zbekiston respublikasi Milliy banki, “O‘zbekiston Havo yo‘llari” MAK, “General Motors Uzbekistan” QK, “Nestle Uzbekistan” MChJ, “O‘ztransgaz” AK, “Maxam-Chirchiq” OAJ, “LUKOIL”, shuningdek qator vazirliklar va mahkamalar kompaniyaning korporativ mijozlaridir. “Buzton” QK bilan birlashuv hisobiga B2B-sektori uchun bo‘lgan noyob konvergent yechimlarning milliy bozorda o‘xshashi uchramaydi.

O‘zbekiston bozoridagi 8 yillik faoliyati davomida kompaniya bevosita yoki bavosita ham o‘z shtatida, ham dilerlik sotuv tarmog‘ida o‘n minglab ish o‘rinlarini tuzilishiga imkon tug‘dirdi. Operatorning xodimlar siyosatida ochiq-oydinligi yil sayin ekspertlar birlashmasining yuksak bahosiga sazovor bo‘lmoqda: masalan, o‘tgan yilning kuzida “SuperJob” obro‘li halqaro rekruting portali “Beeline”ni O‘zbekistonning eng faol ish beruvchisi deb e’tirof qildi.

“Beeline” respublikaning eng yirik soliq to‘lovchilaridan biri hisoblanadi: 2006 dan 2013 yilga qadar to‘langan soliq to‘lovlari qariyb 1 trillion so‘mni tashkil etdi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq