Toshkentda e-sporti bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 mamlakat chempionatining hududiy saralash turnirlari yakunlanadi
12.09.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_12_09_2014

13-14 sentyabr kunlari poytaxtda e-sporti bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 O‘zbekiston chempionatining yakuniy saralash turniri bo‘lib o‘tadi. Hammasi bo‘lib “DotA AllStars” o‘yini bo‘yicha 60 dan ziyod guruh, FIFA14 o‘yini bo‘yicha 100 dan ortiq geymerlar ro‘yhatdan o‘tgan.

13 sentyabr kuni poytaxtning “Lisnet” klubida “DotA AllStars” o‘yini bo‘yicha guruh turniri bo‘lib o‘tadi, 14 sentyabr soat 9:00da esa FIFA14 futbol simulyatori bo‘yicha musobaqalar boshlanadi. “Lisnet” klubi quyidagi manzil bo‘yicha joylashgan: Toshkent, Qorasuv-2 ko‘ch. (sobiq Lisunova), mo‘ljal – Aviaquruvchilar saroyi, “Turon Bank”.

Buxoro, Samarqand va Farg‘onadagi Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 saralash bosqichlari ortda qoldi. Milliy final – 26 sentyabr kuni AKT Haftaligi mobaynida, ICT Expo2014 ko’rgazmasi doirasida o’tkaziladi, 27 sentyabr kuni esa Toshkentda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, kompyuter o‘yinlari bo‘yicha UCG O‘zbekiston chempionati 10 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Milliy birinchilik g‘oliblari AQSh, Singapur, Italiya, Germaniya, Xitoy kabi davlatlarda o‘tkazilgan World Cyber Games jahon Chempionatlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilganlar. 2013 yilga qadar mamlakatimiz e-sporti erishgan yutuqlar safida 2007-Makao va 2009-Vetnamdagi Yopiq binolarda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida egallangan kumush medallardan iborat edi.

Keyingi uch yil mobaynida Beeline tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mamlakatimiz e-sporti yanada rivojlanib, xalqaro maydonlarda jadal ilgari intilmoqda.

2013 yil iyul oyida, Osiyo Olimpiya kengashi homiyligida Janubiy Koreyada o‘tkazilgan AIMAG 2013 IV Osiyo o‘yinlarida, e-sport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi oltin va kumush medallarga munosib topilib, umumiy jamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘tgan yil noyabr oyida, WCG 2013 jahon chempionatining Grand-finalida, Kunshan (Xitoy) shahrida jahon virtual futboli –FIFA14 bo‘yicha Abdusapi Qayumov beshinchi o‘rin(top 8) ni zabt etishga muyassar bo‘ldi.

Aynan bizning virtual futbolchilarimizning jahon maydonlaridagi muvaffaqiyatlari evaziga O‘zbekiston 2014 yilda futbol simulyatori FIFA15 bo‘yicha e-sporti bo‘yicha Electronic Sports World Cup (ESWC2014) jahon Kubogi final bosqichiga taklif etildi, unda jahonning 32 terma jamoasi ishtirok etadi.

Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 Toshkentdagi saralash bosqichining yakunlari 14 sentyabr yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Chempionatda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tish va turnirlarning o’tkazilish qoidalarini Facebook‘dagi rasmiy sahifa: https://www.facebook.com/ucguz dan olish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq