Toshkentdagi Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 chempionati saralash bosqichining o‘tkazilish kunlari va ishtirokchilarni ro‘yhatdan o‘tkazish
11.09.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_04_09_2014

Bugun Toshkentda kompyuter o‘yinlari bo‘yicha Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 O‘zbekiston Chempionatining hududiy saralash bosqichiga ishtirokchilarni ro‘yhatdan o‘tkazish yakunlanmoqda. Kun so‘ngiga qadar saralash turnirlari bo‘lib o‘tadigan poytaxtning “Lisnet” klubida ro‘yhatdan o‘tish mumkin. Boshqa shaharlardagi ishtirokchilar editor@infocom.uz elektron manzili bo‘yicha ro‘yhatdan o‘tishi mumkin.

Musobaqalar FIFA 14 va Dota AllStars 5х5 o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

13 sentyabr kuni “Lisnet” klubida “Dota AllStars” o‘yini bo‘yicha saralash turniri bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent, Qorasuv-2 ko‘ch. (sobiq Lisunova), mo‘ljal – Aviaquruvchilar saroyi, “Turon Bank”. Telefon: 294-57-88.

14 sentyabr kuni soat 9:00da FIFA14 o‘yini bo‘yicha “Lisnet” klubida turnir boshlanadi.

Ro‘yhatdan o‘tish 11 sentyabrgacha (shu kun ham kiradi) ochiq. Ro‘yhatdan o‘tish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelib, o‘z ma’lumotlarini: ism-sharifi, o‘yin va guruh nomini aytish lozim. Guruh kapitani guruhning barcha ishtirokchilarini mustaqil ro‘yhatdan o‘tkazishi mumkin. Boshqa shaharlardagi ishtirokchilar (turnirlar o‘tkazilmaydigan shaharlardan) editor@infocom.uz elektron manzili orqali ro‘yhatdan o‘tishlari mumkin.

Zo‘r-Zo‘r UCG 2014 chempionatida ro‘yhatdan o‘tish va ishtirok etish bepul. Tafsilotlar www.infocom.uz va http://www.lisnet.uz/ saytlarida.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq